Kadirova Zulayxo Abduxalimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida O‘zbekistonning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvi», 08.00.09–Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt45.

Ilmiy rahbar: Oriqova Dilorom Abduraximovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.

Rasmiy opponentlar: Islamov Baxtiyor Anvarovich, iqtisodiyot  fanlari doktori, professor; Rasulova Dilfuza Valievna,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Globallashuv sharoitida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayonlari va istiqbollari bo‘yicha ilmiy, uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv jarayoni natijalarining iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mehnat migrantlarining mamlakatga kirib kelayotgan pul o‘tkazmalarini investisiya shaklida uy-joy kreditlariga yo‘naltirish, reemigratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;

xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik migrantlarning mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va tibbiy sug‘urtalash mexanizmini takomillashtirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;

tashqi mehnat migratsiyasining uzoq muddatli strategiyada mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish va ishsizlik muammosini hal qilishga etarli turtki bera olmasligi, aksincha, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy inves-tisiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarini yaratish kabi chora-tadbirlar milliy iqtisodiyot taraqqiyotini rag‘batlantirishi asoslangan;

O‘zbekistonning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvini takomillashtirishda al`ternativ mehnat bozorlari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;

IV. Dissertatsiyani amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari.

Globallashuv sharoitida O‘zbekistonning xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuvi tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:

tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini yuritish istagida bo‘lgan fuqarolarga mazkur mamlakatga borish va mehnat qilish tartiblari va talablari, mehnat migrantlarining huquq va erkinliklari, mehnat migratsiyasini qonuniy shaklda amalga oshirish afzalliklari, Koreya Respublikasi qonunchiligida mehnat migrantlari uchun belgilangan xuquqiy me’yorlar aks ettirilgan maxsus uslubiy qo‘llanma «Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Idoralararo komissiya» tomonidan tasdiqlangan «Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun - mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan «Odam savdosi–davr muammosi» targ‘ibot loyihasini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (TMMA)ning 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari rejasining «Aholini odam savdosining salbiy omillari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish» bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining TMMAning 2016 yil 13 dekabrdagi A105-3894-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qo‘llanmaning ishlab chiqilishi aholi bandligini ta’minlash samaradorligining oshishiga, aholining mehnat migratsiyasi haqidagi bilim va tasavvurlarining kengayishiga, migrantlarning o‘z huquq va burchlari hamda imkoniyatlarini to‘g‘ri va aniq anglab etishiga, mehnat migratsiyasi jarayonida aholining qonuniy ravishda ishtirok etish istagini oshirishga, noqonuniy mehnat migratsiyasi muammosini oldini olishga va mehnat migrantlarining xorijdagi shart-sharoitlarga ijtimoiy moslashuvlarini engillashtirishga xizmat qilgan;

mehnat migrantlari orasida olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari tahliliga asoslangan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 martdagi «Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 07/2-141-sonli qarorining «Xorijda ishlashni istayotgan shaxslarning oilaviy sharoiti, chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik so‘rovlarni o‘tkazish uchun maxsus dastur ishlab chiqish» bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining TMMAning 2016 yil 13 dekabrdagi A105-3894-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar va xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining TMMAning mehnat migrantlarining mehnat muhofazasi, ijtimoiy himoyasi va tibbiy sug‘urtalash bilan bog‘liq mexanizmini takomillashtirishda o‘z samarasini bergan;

xalqaro mehnat bozoriga integratsiyalashuv bo‘yicha xorijiy tajribaning qiyosiy (Turkiya Respublikasi, Filippin va Marokash Qirolligi mamlakatlari) tahlili asosida aniqlangan ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining TMMA orqali chet ellarga ishga yuborilayotgan fuqarolarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish mexanizmini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining TMMAning 2016 yil 13 dekabrdagi A105-3894-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mamlakatda olib borilayotgan migratsiya siyosatining shaffofligini ta’minlashga, mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlarini yumshatishga xizmat qilgan;

O‘zbekistonlik mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalaridan samarali foydalanish va reemigratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar asosida ATB «Qishloq qurilish bank»ida «Xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga pul mablag‘larini jo‘natish va olish chegaralarini o‘rnatish hamda ularni maqsadli ishlatilishiga doir qismiga, ya’ni «Chet eldan yuborilgan pul mablag‘laridan foydalanish» bo‘yicha bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2016 yil 15 noyabrdagi 03/24-09-9260-son ma’lumotnomasi). Ushbu mexanizm mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalarini O‘zbekiston bank tizimiga qonuniy va shaffof tarzda kiritilishiga, bank tizimiga valyuta tushumlari salmog‘ining ortishiga, fuqaro mablag‘larining kafolatli saqlanishiga, uzoq muddatli daromadlar keltiruvchi manbalarni shakllantirishga va reemigratsiya jarayonlarini rag‘batlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish