Abduqodirov Sardor Asqar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Poezdlar harakati grafigini tezkor o‘zgartirish asosida temir yo‘l yo‘nalishlari transport jarayonlari texnologiyasini tashkil etish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2941
Ilmiy rahbar: Butunov Dilmurod Baxodirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmuxamedov Tolaniddin Ramziddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Jo‘raboev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: poezdlar harakati grafigini tezkor o‘zgartirish asosida temir yo‘l yo‘nalishlari transport jarayonlari texnologiyasini tashkil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oraliq stansiyalarda terma poezdlar bilan bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan vaqt me’yorlarini minimallashtirish usuli stansiya qabul qilish-jo‘natish yo‘llari bandligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
poezdlar harakati grafigi asosiy ko‘rsatkichlarining omilli modeli temir yo‘l yo‘nalishlaridagi stansiya va peregonlarda samarasiz vaqt yo‘qotishlari sabablarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
temir yo‘l yo‘nalishlarida yuk poezdlari harakat tezliklarini me’yorlashning matematik modeli tasodifiy omillar parametrlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
turli toifadagi poezdlar harakati aralash tashkil etilgan temir yo‘l yo‘nalishlarida poezdlar harakatini zonali tashkil etish usuli transport jarayonlarining ilg‘or texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poezdlar harakati grafigini tezkor o‘zgartirish asosida temir yo‘l yo‘nalishlari transport jarayonlari texnologiyasini tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar joriy etilgan:
temir yo‘l yo‘nalishlarida poezdlar harakatini zonali tashkil etish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “O‘zbekiston-Maroqand” temir yo‘l yo‘nalishiga poezdlar harakati grafigini tezkor o‘zgartirish va yuk poezdlari uchastka tezligini me’yorlash uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 15-maydagi 01/1478-23-sonli ma’lumotnoma). Natijada ushbu temir yo‘l yo‘nalishida poezdlarning yo‘l davomida o‘rtacha sarflyagan vaqtini 
11% ga kamaytirish va yuk poezdlari uchastka tezligini 3,7% ga oshirishga erishilgan; 
oraliq stansiyalarda terma poezdlar bilan bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan vaqt me’yorlarini minimallashtirish usuli “O‘TY” AJning “O‘zbekiston-Maroqand” temir yo‘l yo‘nalishi tasarrufiga kiruvchi oraliq stansiyalarda terma poezdlarning samarasiz vaqt yo‘qotishlarini kamaytirish uchun joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 15-maydagi 01/1478-23-sonli ma’lumotnoma). Natijada oraliq stansiyalar kesimida terma poezdlar bilan bajariladigan texnologik amallarga sarflanadigan vaqtlarni asosli me’yorlash va o‘rtacha 12% gacha kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish