Axunov Umidbek Ruzibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning motorik faoliyatini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2654.
Ilmiy rahbar: Artikova Muxayo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
ILK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Mamurov Boxodir Bahshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Guzal Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar motorik faoliyatini rivojlantirishning nazariy-amaliy jihatlarini asoslashga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni motorik faoliyatini rivojlantirish mazmuni (o‘z harakatlarini koordinasiya qilish, bir qancha muskullar harakatini amalga oshirish, harakat va kuchni to‘g‘ri taqsimlash hamda motorik faoliyatni boshqarish) jismoniy harakatlar teatrining tadbiq etish pedagogik shart-sharoitlarini (jismoniy faollikni oshirish, kreativlikni rivojlantirish, shaxsni, ijtimoiy hulq-atvorni, idrok (his) qilishni, ifoda qilishni yuksaltirish) tarbiyalanuvchilarining kompleks rivojlantirish komponentlariga integrasiyalash asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanish sohalariga (motorik, kreativ, sezgi, ijtimoiy, emosional, kognitiv) tegishli mashg‘ulotlar didaktik imkoniyatlari motorik faoliyat turlarini (kundalik, kasbiy va mehnatga doir, sportga doir, ifoda qilish, yalpi, nozik, katta, kichik, tayanch-harakat, vazamotorika, gapirish, psixomotorika, sosiomotorika) kreativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuvga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy harakatlar teatri vositasida harakat turlarini (kundalik, sport turlariga xos, ijro etish, raqsli, musiqiy harakat) faollashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar tarbiyalanuvchilarning motorik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar va sahna ko‘rinishlari (“Harflar”, “Men maktabga boraman”, “Harakatlanuvchi geometrik shakllar”, “Uzun qo‘llar”, “Piyodalar yo‘lakchasi”, “Zoopark”, “Texnikalar”, “Asalari”, “Bir olma daraxti tarixi”)ni adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning motorik faoliyatini rivojlantirish metodikasi modeli bolalar motorik faoliyatini identifikasiyalash hamda refleksiv usullarni identifikasiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning motorik faoliyatini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalari:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni motorik faoliyatini rivojlantirish mazmuni jismoniy harakatlar teatrining tadbiq etish pedagogik shart-sharoitlarini tarbiyalanuvchilarining kompleks rivojlantirish komponentlariga integrasiyalash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligida darsliklarni yaratish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning o‘quv-me’yoriy asoslarining ilmiy jihatdan boyitilishiga erishilgan;
jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanish sohalariga tegishli mashg‘ulotlar didaktik imkoniyatlari motorik faoliyat turlarini kreativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondoshuvga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning zamonaviy didaktik-metodik ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni motorik faoliyatni rivojlantirishda jismoniy harakatlar teatrini samarali tatbiq etishga hamda didaktik ta’minotini takomillashishiga erishilgan;
jismoniy harakatlar teatri vositasida harakat turlarini faollashtirishga yo‘naltirilgan texnologiyalar tarbiyalanuvchilarning motorik faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar va sahna ko‘rinishlari ni adaptiv qo‘llash orqali takomillashtirilgan va jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning motorik faoliyatini rivojlantirish metodikasi modeli bolalar motorik faoliyatini identifikasiyalash hamda refleksiv usullarni identifikasiyalash asosida ishlab chiqilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3312-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining jismoniy harakatlar teatrini tadbiq etishga doir ko‘nikmlari rivojlanishiga hamda o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligiga erishilgan.