Yulchieva Dildora Xabibullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.09 - Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped.2140
Ilmiy rahbari: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2021.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxsieva Aziza Shamsutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada barqaror ijtimoiy munosabatlarni ta’minlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“uy-ro‘zg‘or stereotiplar”, “muloqot madaniyati”, “ota obrazi portreti” haqidagi ustanovkalarni korreksiyalash orqali er-xotinlarning rollar taqsimotini integratsiyalashuvi va oilalarda sog‘lom psixologik muhitni barqarorligini ta’minlashi isbotlangan;
o‘zaro ishonch, oila a’zolarini e’zozlash, farzand tarbiyasidagi yakdillik, bir umr birga yashash istagi kabi individual omillarni psixologik treninglar orqali rivojlantirish natijasida oilalarda barqaror ijtimoiy munosabatlarni yaratilishi asoslangan;
“oilada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash” trening dasturi orqali er-xotinlardagi o‘zaro hurmat, hissiy yaqinlik va o‘zaro tushunish kompetensiyalarini shakllantirish asosida oilalardagi sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit shakllanishi aniqlangan;
“oilaviy qadriyatlarga munosabat”, “erkak oilaning haqiqiy himoyachisi”, “o‘z oilasini boshqa oilalar bilan taqqoslash” kabi ijtimoiy-pedagogik omillarni psixokorresiyalash qilish orqali oilalarda barqaror ijtimoiy munosabatlarni yaratish dallillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
“Uy-ro‘zg‘or stereotiplar”, “muloqot madaniyati”, “ota obrazi portreti” haqidagi ustanovkalarni korreksiyalash orqali er-xotinlarning rollar taqsimotini integratsiyalashuvi va oilalarda sog‘lom psixologik muhitni barqarorligini ta’minlash isbotlanganligiga oid yangiligi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining “Oilada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida amaliy loyiha rejasiga kiritilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 16-dekabrdagi 01-09/1242A-son ma’lumotnomasi). Natijada oila barqarorligiga salbiy ta’sir qilayotgan ichki va tashqi tahdidlarni o‘rganish va sabablarini aniqlash, oilalarda axloqiy munosabatlarni sog‘lomlashtirish mexanizmini takomillashtirilgan;
o‘zaro ishonch, oila a’zolarini e’zozlash, farzand tarbiyasidagi yakdillik, bir umr birga yashash istagi kabi individual omillarni psixologik treninglar orqali rivojlantirish natijasida, oilalarda barqaror ijtimoiy munosabatlarni yaratilishi asoslanganligiga oid taklifi “Oilalarning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini yanada takomillashtirish, jamiyatda milliy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarni, sog‘lom turmushni faollashtirish hamda oilalarning farovonlik darajasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” bandiga qo‘shimcha tarzda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining amaliy loyihasiga kiritilgan. (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 16-dekabrdagi 01-09/1242A-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlardagi oila va jamiyat hayotiga integratsiya jarayonida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni maqsadli shakllantirish, oilaviy tarbiya va uning shakl, oilalarni baxtlilik indekatorlarini reintegratsiya lash orqali oilalarnig farovonlik darajasini oshirishi faoliyatiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan va samarali natijalariga erishilgan;
“oilada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash” trening dasturi orqali er-xotinlardagi o‘zaro hurmat, hissiy yaqinlik va o‘zaro tushunish kompetensiyalarini shakllantirish asosida oilalardagi sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit shakllanishi aniqlanganligiga oid takliflari “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining “Oilada barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” nomli loyiha rejasiga kiritilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 16-dekabrdagi 01-09/1242A-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarishda ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarish kabi samarali ko‘rsatkichga erishilgan;
“oilaviy qadriyatlarga munosabat”, “erkak oilaning haqiqiy himoyachisi”, “o‘z oilasini boshqa oilalar bilan taqqoslash” kabi ijtimoiy-pedagogik omillarni psixokorresiyalash qilish orqali oilalarda barqaror ijtimoiy munosabatlarni yaratish dallillanganligiga oid taklif va tavsiyalari “Oilalarning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini yanada takomillashtirish, jamiyatda milliy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarni, sog‘lom xayotni shakllantirish hamda oilalarning farovonlik darajasini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” bandiga qo‘shimcha tarzda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining amaliy loyihasiga kiritilgan. (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 16-dekabrdagi 01-09/1242A-son ma’lumotnomasi). Natijada hamkorlik orqali bolalarni shaxs sifatida rivojlantirishda umummilliy va davriy qadriyatlar indikatorlari ambivalent sifatida shakllanganligini amaliyotda tarbiyalash, ularni amaliyot davrida bartaraf eta olish imkonini bergan.