Saloxiddinov Faxriddin Bahriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoqlarning uzun suyaklarini ko‘plab sinishi bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallik kechishini tasxishlash va davolashni takomillashtirish», 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib456.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Borozda Ivan Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Karaganda tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oyoq uzun suyaklarining qo‘p sonli shikastlanishlarida travmatik kasallikning kechishini bashoratlash, jarrohlik davolash usulini va organizm tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasini tashxislashni takomillashtirish va korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oyoqlar uzun suyaklari ko‘p sonli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallikning o‘tkir davrida organizmning tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi disfunksiyasi oqibatida yuzaga keladigan xavf omillarini bartaraf etishga qaratilgan tibbiy tadbirlarning samaradorligi yaxshilash usuli ishlab chiqilgan;
travmatik kasallikning erta davrida organizmni tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasini bashoratlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, jarohat olgan bemorlarda ko‘p sonli a’zolar etishmovchiligi va yiringli-septik asoratlarni erta aniqlanishi extimoli isbotlangan;
oyoqlar uzun suyaklarini ko‘p sonli shikastlanishlarida azot oksidi va endotelin-1 markyorlarining ko‘rsatkichlari bemorlar organizmining funksional holatini baholashi xamda jarroxlik amaliyotini travmatik kasallikning erta davrlarida o‘tkazish asoslangan;
oyoqlar uzun suyaklarini ko‘p sonli shikastlanishlarida miniinvaziv osteosintezlash uchun o‘choqdan tashqari apparatlarini takomillashtirish asosida travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida bemorlarga kam shikast etkazgan holda suyak bo‘laklarini stabillash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 30 maydagi 03/2 - son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 27 may 01-03989 - sonli xati yuborilgan):
travmatik kasallikning o‘tkir davrida bemorlar hayotiga xavf soladigan omillarini bartaraf etishga qaratilgan tibbiy tadbirlarning samaradorligi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Navoiy (25.12.2019y; №98) va Buxoro (25.05.2020y; №01/39) viloyatlari filiallarida, Farg‘ona viloyati tibbiyot markazining ko‘p tarmoqli klinikasi (17.01.2020y; №12) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritm va majmuiy yondashuvdan foydalanish, travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida infeksion asoratlar rivojlanishini bashoratlash organizm tizimli yallig‘lanishni erta tashxislash va korreksiya qilish usuli va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoqlar uzun suyaklari ko‘p sonli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallikning o‘tkir davrida organizmning tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi, jumladan •ichki a’zolar etishmovchiligi (37%gacha); •yiringli-septik asoratlar (22,2%gacha) shakllanishi isbotlandi: •taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish oyoqlar uzun suyaklari ko‘p sonli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Xulosa: oyoq uzun suyaklarining ko‘p sonli sinishlarini bo‘lgan bemorlarda yuzaga keladigan infeksion asoratlarni oldini olish, tashxislash va davolash asosida erta tashxis qilishni ishlab chiqilib, byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Saloxiddinov Faxriddin Bahriddinovichning «Oyoqlarning uzun suyaklarini ko‘plab sinishi bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallik kechishini tasxishlash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 27 may 01-03989 - sonli xati yuborilgan.
travmatik kasallikning erta davrida organizmni tizimli yallig‘lanish javob reaksiyasi disfunsiyasini bashoratlash oddiy laborator sharoitda azot oksidi, endotelin-1 miqdorlarini va ularning konsentratsiya miqdori ko‘rsatkichlar va nisbati orqali aniqlash mumkinligi isbotlandi. Bu esa og‘ir shikast olgan bemorlarda asoratlarni oldini olishga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Navoiy (25.12.2019y; №98) va Buxoro (25.05.2020y; №01/39) viloyatlari filiallarida, Farg‘ona viloyati tibbiyot markazining ko‘p tarmoqli klinikasi (17.01.2020y; №12) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida infeksion asoratlar rivojlanishini oddiy va samarali tekshiruv usuli bo‘lgan organizm tizimli yallig‘lanishni markyorlari orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) shikastlanishning o‘tkir va erta davrida infeksion asoratlarni tashxislash uchun nafaqat tor soha mutaxasislari tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayorlashni shart emasligi xisobiga iqtisod qilishga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oyoqlar uzun suyaklari ko‘p sonli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda ishlab chiqilgan davolash usullariga amal qilgan xolda o‘tkazishda: •bemorning shifoxonada qolish muddatini 15,86 kundan 12,42 kungacha kunga qisqartirtirishga erishildi va shifoxonada qolish to‘lov miqdori 894.400 ming so‘mga kamaytirdi (TTA KTK -ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 260.000 so‘mni tashkil qiladi); •shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: oyoqlar uzun suyaklari ko‘p sonli shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarni boshqarish taktikasida tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni shikastlanishdan keyingi va jarrohlik amaliyotdan keyingi davrlarda kuzatiladigan asoratlarni aniqlanib va erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, bemorlarni shifoxonada yotish kunini qisqarishi va byudjet mablag‘ini iqtisod qilish imkonini berdi. Saloxiddinov Faxriddin Bahriddinovichning «Oyoqlarning uzun suyaklarini ko‘plab sinishi bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallik kechishini tasxishlash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 27 may 01-03989 - sonli xati yuborilgan.
ishlab chiqilgan bu usul orqali travmatik kasallikning erta davrida ko‘p sonli shikastlanishlar olgan bemorlarni oyoqlar uzun suyaklarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Navoiy (25.12.2019y; №98) va Buxoro (25.05.2020y; №01/39) viloyatlari filiallarida, Farg‘ona viloyati tibbiyot markazining ko‘p tarmoqli klinikasi (17.01.2020y; №12) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida ko‘p sonli shikastlanishlar bo‘lgan bemorlarda oyoqlar uzun suyaklari sinishlarini erta stabillovchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, bemorlarni erta faollashtirish natijasida asoratlar rivojlanishini oldini olish va shifoxonada yotish kunini qisqarishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlarda travmatik kasallikning erta davrida bemorlarni funksional holatini yaxshilash infeksion asoratlar rivojlanishini oldini olish imkonini beradi: •shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan mabdag‘ 65.000 so‘m); 2) bemorning boshqa tibbiy muassasalarga transpartirovka qilishni engillashtiradi: • maxsus tibbiy uskunalar talab qilinmaydi; •transpartirovka vaqtida bemorning umumiy ahvoli salbiy ta’sir qilmaydi. Xulosa: ko‘p sonli oyoq uzun suyaklarini erta osteosintezlash operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda o‘limga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi byudjet mablag‘ini iqtisod qilish imkonini beradi. Saloxiddinov Faxriddin Bahriddinovichning «Oyoqlarning uzun suyaklarini ko‘plab sinishi bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallik kechishini tasxishlash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 27 may 01-03989 - sonli xati yuborilgan.
travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida ko‘p sonli shikast olgan bemorlarni oyoqlar uzun suyaklarida miniinvaziv usulda stabillik berish jarrohlik amaliyotini o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch yordam ilmiy markazining Navoiy (25.12.2019 y; №98) va Buxoro (25.05.2020y; №01/39) viloyatlari filiallarida, Farg‘ona viloyati tibbiyot markazining ko‘p tarmoqli klinikasi (17.01.2020y; №12) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: •oyoqlar uzun suyaklarini ko‘p sonli shikastlanishlar bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrlarida miniinvaziv usulda stabillikni berish orqali bemorlarda kuzatiladigan asoratlar: •jarrohlik amaliyot vaqtida kam qon yo‘qotilishi; •jarrohlik amaliyotdan keyingi davrlarda gipostatik pnevmoniyani va KRDS 15,5% dan 5,36% kamayishiga, yotoq yaralarni 11,2% dan 0,9% ga, yog‘li 3,45% va tromboemboliyani 1,79% ga kamaytirishga; •o‘lim ko‘rsatgichlarini 24,7 % dan 17,6 % gacha kamayishi imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda travmatik kasallikning o‘tkir va erta davrida oyoqlar uzun suyaklarni miniinvaziv usulda osteosintez qilish bemorlarni erta faollashtirish va infeksion va hayot uchun xavli bo‘lgan asoratlarni rivojlanishini oldini olish imkonini beradi: •oyoq uzun suyaklarni osteosintez qilish uchun metall konstruksiyalar o‘rtacha 4.500.000 so‘mni tashkil qiladi. Biz tomondan ishlab chiqilgan o‘choqdan tashqari sterjen apparatlar 1.700.000 so‘m baholangan bo‘lib, bemor tomondan va byudjet mablag‘larini 2800000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: ko‘p sonli oyoq uzun suyaklari shikast olgan bemorlarda erta miniinvaziv usulda stabillik berib osteosintezlash jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, bemorlar umumiy ahvolini stabillaydi va bemorlarni erta faollashtirishga imkonini beradi. Saloxiddinov Faxriddin Bahriddinovichning «Oyoqlarning uzun suyaklarini ko‘plab sinishi bo‘lgan bemorlarda travmatik kasallik kechishini tasxishlash va davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 27 may 01-03989 - sonli xati yuborilgan.