Kazakova Nozima Nodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Menopauza davridagi osteoporoz negizidagi ayollar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida destruktiv-yallig‘lanishning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib762.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlar doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Siddik Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Belenova Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abduvakilov Jaxongir Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sankt Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: menopauza davridagi ayollarda kechadigan umumiy osteoporozning og‘iz bo‘shlig‘i a’zo va to‘qimalariga ta’sirini aniqlash, erta tashxislash, patogenetik davolash oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
menopauza va postmenopauza davrida osteoproroz kuzatilgan ayollarda osteoporozning og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalariga ta’siri suyak metobolizmining o‘zgarishlariga bog‘liqligi ilk bor isbotlangan;
ushbu ayollarda parodont kasalliklari va A.actinomycyetemcomitans, P.gingivalis, P.intermedia kabi parodontopatogenlar uchrash chastotasi orasida to‘g‘ri, kuchli bog‘liqlik aniqlangan, ushbu patogenlarni kamaytirish parodont kasalliklarini davolashda ahamiyatli ekanligi, tavsiya etilgan kumush zarrachalaridan iborat kolloid eritma va propolis tindirmasining stomatologik hamda mikrobiologik samaralari ilk bor isbotlangan;
menopauza va postmenopauza davrida osteoproroz kuzatilgan ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i parodontal va gigienik indekslar ko‘rsatkichlari shu davrdagi osteoporoz aniqlanmagan ayollarga nisbatan ishonarli darajada o‘zgarganligi ko‘rsatib berilgan va stomatologik salomatlikni muhofaza qilishda ushbu ayollarda osteoporoz darajasini hisobga olinishi zarurligi isbotlangan;
menopauza va postmenopauza davrida osteoporoz kuzatilgan ayollarda stomatologik kasalliklar, xususan parodont kasalliklarini kompleks davolash va profilaktika qilish uchun qisqa va olis natijalar natijalariga asoslanib davolash-profilaktika yo‘nalishlari hamda tadbirlar algoritmi ilk bor ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 3 iyundagi №23-z/032 son xulosasiga ko‘ra:
ishning amaliy ahamiyati, menopauza davridagi ayollarda stomatologik kasalliklar tarqalish darajasi va asosiy xavf omillarini o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.08.2022 y.; 22/4) hamda Buxoro viloyati Vobkent tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2022 y.; 24/1) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar menopauza davridagi osteoporoz bilan kasallangan ayollarda stomatologik kasalliklar, ayniqsa generallashgan parodontitni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingent ayollarida stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi davolash usulining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor ayol uchun 950 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 12,5 foiz bemor ayollarda qayta davolash muolajasi amalga oshiriladi). Qayta davolash amaliyoti darajasini 12,5 foizdan 7 foizga kamaytirgan (1 nafar bemor ayoldan 950 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 50 nafar bemor ayoldan kasallik kaytalanishi 6 nafar bemordan 3 bemorgacha ikkilamchi davolash muolajasi kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 950 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 4 750 000 so‘mni (5 nafar bemor ayol uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 950 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Menopauza davridagi osteoporoz negizidagi ayollar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida destruktiv-yallig‘lanishning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 23 martdagi 01/1689 sonli xat yuborilgan.
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy tibbiyotga tadbiq etilishi menopauza davridagi ayollarda stomatologik kasalliklarni davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Romitan tumani xo‘jalik hisobidagi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y.; 54/2) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: to‘qimalarning mikrobiologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida yuz-jag‘ sohasidagi destruktiv o‘zgarishlar kasalliklarni o‘z vaqtida tashxislashga qaratilgan va yallig‘lanish jarayonidagi qaysi antibiotikdan to‘g‘ri foydalanishga qaratilgan. Undan foydalanish qulay va bemorlarda turli xildagi antibiotiklardan disbakteriozni oldini oladi. Shu bilan birga, ushbu tekshirish usuli shartlarida sezilarli farqlarning yo‘qligi, shuningdek, to‘qimalarning mikrobiologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligi ushbu patologiyani tashxislashda juda qulay usullardan biri hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun taklif qilingan dori vositalari amaliyotda kompleks davolash bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan daovlash usuli bemor ayollarning davolashdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 58 000 sum; qayta qon taxlili – 30 000 sum; qayta stomatologik muolajalar – 155 000 sum; dori- darmonlar xarajati – 97 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor ayol uchun 340 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemor ayollar soni 2, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 680 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi jarroxlik amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 985 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 340 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Menopauza davridagi osteoporoz negizidagi ayollar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida destruktiv-yallig‘lanishning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 23 martdagi 01/1689 sonli xat yuborilgan.
ushbu kontingentga mansub ayollarda parodont kasalliklarining klinik belgilarini o‘ziga xosliklari aniqlanadi va har bir guruh uchun individual yondashuv qo‘llagan holda, davolashga ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyati Kitob tumani markaziy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.10.2022 y.; 22/4) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar osteoporoz bilan kasallangan ayollarda generallashgan parodontitni tashxislash mezonlarini takomillashtirishni tahlil qilish imkonini berdi. Yuqoridagi natijalar stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish uchun yordamga muhtoj ayollar kontingentini aniqlash uchun ham yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 950 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil ginekologik davolash muolajalari amaliyoti paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemor ayollarning 12,5% (50 nafardan 6 nafar bemorlar) asosiy kasallik foni bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 5 700 000 (6 nafar bemor uchun) sumga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 3 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 500 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Menopauza davridagi osteoporoz negizidagi ayollar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida destruktiv-yallig‘lanishning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 23 martdagi 01/1689 sonli xat yuborilgan.
menopauza davridagi osteoporoz negizidagi bemor ayollarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari hamda yallig‘lanish-destruktiv jarayonlarning shakllanishini ambulator-poliklinika sharoitida erta tashxis qo‘yish va erta bartaraf etish uchun mutaxassislararo keng qamrovli tezkor yondashuv asoslari yaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.09.2022 y.; 51/8) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar menopauza davridagi osteoporoz bilan kasallangan ayollarda stomatologik kasalliklar, ayniqsa generallashgan parodontitni erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingent ayollarida stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor ayolning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kunga (3 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori ming so‘mga kamaytirdi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 206.000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 650 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 216 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 270 ming so‘mlik fizioterapiya kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m fizioterapevtik muolajalar sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 25 800 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 13 385 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 12 415 000 so‘m. Jami: 36 400 000 so‘m). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 19 422 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 16 978 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Menopauza davridagi osteoporoz negizidagi ayollar og‘iz bo‘shlig‘i to‘qimalarida destruktiv-yallig‘lanishning kechishi, patogenetik davolash va oldini olish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi raisiga, Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori tomonidan 2023 yil 23 martdagi 01/1689 sonli xat yuborilgan.