Mamanazarova Nargiza Komildjanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Xalq ta’limi tizimi boshqaruvida marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 - Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped467.
Ilmiy maslahatchi: Paxrutdinov Shukritdin Ilyosovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Fotimaxon Xakimovna, iqtisod fanlari doktori, professor: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi tizimi boshqaruvida marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ta’lim muassasa raqobatbardoshligi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish, istiqbolli kasbiy reja va samarali boshqaruvni amalga oshirishda maqsadli parametrlarga erishish iqtisodiy, tashqi omil va sifat ko‘rsatkichlarni kiritish orqali boshqaruv samaradorligi oshishi isbotlangan;
ta’lim sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi latent omillarni marketing tadqiqotlari orqali aniqlash va ularni xalq ta’limi tizimi marketing xizmatiga tatbiq etishning samaradorligi isbotlangan;
xalq ta’limi tizimi rahbarlarining boshqaruv faoliyati samaradorligi marketing xizmatlariga ta’lim tizimi sub’ektlari hamkorligini integratsion joriy etish orqali oshishi asoslab berilgan;
xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlarining malakasini oshirish ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablari kadrlar bilan ishlash, hamkorlik muhitini yaratish va marketing xizmati monitoringini integrativ kiritish orqali takomillashtirilgan;
xalq ta’limi tizimida marketing xizmatlarini tashkil etish modeli davlat, hudud, soha, ota-ona va shaxs ehtiyojlari asosida ta’lim tizimi sub’ektlari(O‘KHYPPRTM, RTM, XTB, MOM, UO‘TM)ning integratsion hamkorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi tizimi boshqaruvida marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish mavzusida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlari tayyorgarligining zaruriy va etarli darajasini, shuningdek ularga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari mazmuniga marketing xizmatlarini tashkil etishga doir takliflardan «Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, Davlat talablarining joriy etilishi tizimdagi barcha malaka oshirish ta’lim muassasalarida rahbar va mutaxassis xodimlarning maqsadli malakasini oshirishni tashkil etishning yakka tartibidagi topshiriqlarini yoki aniq yo‘naltirilgan dasturlarini yaratishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi tizimi boshqaruvida sifat va raqobatbardoshlikni ta’minlash omillarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida umumta’lim muassasa rahbar kadrlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejasiga «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida marketing xizmatlarini tashkil etish» o‘quv moduli kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, marketing tadqiqotlari asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sifat va raqobatbardoshlikni oshirishga doir ta’lim mazmuni takomillashtirilgan;
xalq ta’limi tizimi rahbarlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlarida boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishga oid takliflar «Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, ixtisoslashtirilgan maktab-internati, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari direktorlari va ularning kadrlar zaxirasi uchun uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursilari» rejasiga «Ta’limda boshqaruv» o‘quv moduli kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktab rahbarlarining «Ta’limda boshqaruv» modulini o‘qitish yuzasidan kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning o‘quv-metodik ta’minoti yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni marketing tadqiqotlari orqali aniqlash va ularni maktab boshqaruviga tatbiq etish bo‘yicha takliflar «Xalq ta’limi tizimi boshqaruvida marketing xizmatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish» nomli monografiya mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi tizimida tashkil etilgan marketing xizmatlari va mehnat bozori talablarini o‘rganish darajasini baholash, kadrlar bilan ishlash, hamkorlik muhitini yaratish va marketing xizmatlarini boshqarish jarayonlari monitoringini amalga oshirishning uslubiy asoslarini takomilashtirishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarining bilim, ko‘nikma va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar va malaka tavsiflarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlariga qo‘yiladigan talablar asosida «Xalq ta’limi tizimi bo‘yicha tarmoq malaka ramkasi» hamda «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining kasb standarti» ishlab chiqishga uslubiy asos yaratilgan Intellektual mulk agentligining 2023 yil 15 fevraldagi № 005917 raqamli guvohnomasi);
yosh avlodni ma’naviy, axloqiy va intellektual rivojlanishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va usullarini joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Umumta’lim maktab o‘qituvchilarining faoliyatida kasb standartini qo‘llash” nomli metodik qo‘llanma ishlab chiqilgan.
xalq ta’limi tizimida marketing xizmatlarini tashkil etishda umumta’lim maktab o‘quvchilari hamda bitiruvchilarining kasbga yo‘naltirish va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga oid ma’lumotlar asosida ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga doir takliflardan “Pedagog-psixolog kasb standarti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Pedagog-psixologning kasb standarti” ishlab chiqilgan;
xalq ta’limi tizimi boshqaruv faoliyati samaradorligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahri xalq ta’limi boshqarmalari hamda 30 dan ortiq maktablar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 28 martdagi 04-04/2-169-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy marketing yondashuvini qo‘llash Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridagi 30 dan ortiq maktablarning ta’limiy natijalari samaradorligining oshishiga erishilib, “Xalq ta’limi tizimida marketing xizmatlarini tashkil etish modeli” yaratilgan.