Buriev Xurshid Kosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): 
“Malaka oshirish tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.07– “Ta’limda menejment” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1872.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Baxodir Baxshullaevich Ma’murov, pedagogika fanlari doktori, professor; Nargiza Xadjiakbarovna Raxmankulova, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining uslubiy-didaktik ta’minoti rahbarlarning malakasini oshirish holati va muammolarini o‘rganish orqali, mutaxassis shaxsini shakllantirish sohalarini sub’ekt-sub’ekt munosabatlariga asoslangan mustaqil o‘z-o‘zini rivojlantirishning qayta aloqasi va uzviyligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishga yunaltirilgan malaka oshirish jarayoni o‘quv kurslari va treninglari tashkil qilish orqali individual xususiyatlariga hamda o‘z-o‘zini tizimli va doimiy rivojlantirishga malaka oshirish mazmuni va kasbiy kompetensiyaning moslashuvchanligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini takomillashtirishga yunaltirilgan malaka oshirish kurslarining integrativ  mazmuni huquqiy savodxonlik muhitini o‘z-o‘zini tizimli va doimiy rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shaxsiy faoliyatli va innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish hamda rahbarlarning o‘z kasbiga nisbatan internal va eksternal motivlarini barqarorlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirishning innovatsion modeli mazmunli, motivatsion-maqsadli, metodologik, korreksiyalovchi, faoliyatli va shaxsga yunaltirilgan ta’lim mazmunini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar hodimlarini huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va  korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish  yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish uchun “Huquqiy savodxonlik va korrupsiyaga qarshi kurash” modulini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 03-01/6-3218-son ma’lumotomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy tarbiyasi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlari boyitishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining malaka oshirish jarayonida huquqiy kompetensiyalarini shakllantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar asosida “Maktabgacha ta’lim tashkilotida mehnat qonunchiligi xujjatlari bilan ishlash” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 03-01/6-3218-son ma’lumotomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun tashkil etiladigan mashg‘ulotlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
 malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy kompetensiyasini takomillashtirish mexanizmi tizimli, faoliyatli va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida malaka oshirish kursi tinglovchilarida huquqiy savodxonlik muhitni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashga doir taklif va tavsiyalardan “Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 30 noyabrdagi 03-01/6-3218-son ma’lumotomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarini huquqiy kompetentlik darajasini oshishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish