Zaripova Mukaddas Djumayozovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatining statistik tahlili va prognozlashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1785.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Javlon Qo‘zievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini statistik tahlil etish va prognozlashtirish orqali baholashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalar talabalarining ta’lim sifati va reytingi darajasini aniqlashning logit va probit modellari natijalariga ko‘ra yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni samaradorligi va oliy ta’lim raqobatbardoshligini baholash yondoshuvi taklif etilgan;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning tezlik (timelaps), samardorlik (coordeff), daromad (totincamountnew) bo‘yicha ishlash modellarini muvofiqlashtiruvchi integratsiyasi taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda raqamli va raqamli bo‘lmagan sektorlardagi kadrlarga bo‘lgan talabning kompetentlik koeffisientlari asosida raqamlashtirilgan modeli taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli ekonometrik model asosida prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatining statistik tahlili va prognozlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalar talabalarining ta’lim sifati va reytingi darajasini aniqlashning logit va probit modellari natijalariga ko‘ra yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayoni samaradorligi va oliy ta’lim raqobatbardoshligini baholash yondoshuvi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-664-son ma’lumotnomasi), (Termiz davlat pedagogika institutining 2023-yil 14- fevraldagi 01-04/226-son ma’lumotnomasi), (Termiz muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 14-fevraldagi 04-04/188-son ma’lumotnomasi), (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining 2023-yil 14-fevraldagi 1-4-2/125-son ma’lumotnomasi) ish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2/14-17/04-830-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi OTM professor-o‘qituvchilari ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishning istiqbolli rejalarini belgilash, innovatsion faoliyat faollik darajasini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, moddiy-texnik va axborot-kommunikatsion baza holatini tahlil etish, undan foydalanish shart-sharoitlarini kengaytirish, moliyaviy holatini kompleks tahlil qilish va yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning tezlik (timelaps), samardorlik (coordeff), daromad (totincamountnew) bo‘yicha ishlash modellarini muvofiqlashtiruvchi integratsiyasi yuzasidan ishlab chiqilgan taklifdan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-664-son ma’lumotnomasi), (Termiz davlat pedagogika institutining 2023-yil 14- fevraldagi 01-04/226-son ma’lumotnomasi), (Termiz muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 14-fevraldagi 04-04/188-son ma’lumotnomasi), (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining 2023-yil 14-fevraldagi 1-4-2/125-son ma’lumotnomasi) ish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2/14-17/04-830-son ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilar tarkibi sifatini baholash, faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborotlar tayyorlash, sifat-salohiyatini oshirishga qaratilgan aniq va asoslangan yo‘l xaritasini ishlab chiqishga erishilgan.
oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda raqamli va raqamli bo‘lmagan sektorlardagi kadrlarga bo‘lgan talabning kompetentlik koeffisientlari asosida raqamlashtirilgan modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifdan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-664-son ma’lumotnomasi), (Termiz davlat pedagogika institutining 2023-yil 14-fevraldagi 01-04/226-son ma’lumotnomasi), (Termiz muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 14-fevraldagi 04-04/188-son ma’lumotnomasi), (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining 2023-yil 14-fevraldagi 1-4-2/125-son ma’lumotnomasi) ish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2/14-17/04-830-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda raqamli sektordan samarali foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, raqamli bo‘lmagan sektorlarini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan ko‘p omilli ekonometrik model asosida prognoz qiymatlari (Termiz davlat universitetining 2023-yil 13-fevraldagi 04/12-664-son ma’lumotnomasi), (Termiz davlat pedagogika institutining 2023-yil 14- fevraldagi 01-04/226-son ma’lumotnomasi), (Termiz muhandislik-texnologiya institutining 2023-yil 14-fevraldagi 04-04/188-son ma’lumotnomasi), (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining 2023-yil 14-fevraldagi 1-4-2/125-son ma’lumotnomasi) ish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 1-maydagi 2/14-17/04-830-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi yuqori malakali kadrlar tayyorlash faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga xizmat qilgan.