Abdukaxarova Sevara Abdunodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqani innovatsion rivojlantirishning institutsional mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1041.
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mamatkulov Abdurashid Abduvaxidovich; DSc, dotsent Valiev Bobur Batirovich.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada innovatsion rivojlanishni institutsional mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
maxsus innovatsion hududlarda “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kafolat jamg‘armasini tashkil etish“ orqali biznes muhit jozibadorligini oshirish taklifi asoslangan;
ixtisoslashtirilgan innovatsion tumanlar Uyushmasini tashkil etish orqali hududlarni innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va ularning raqobatbardosh ustunliklaridan samarali foydalanish asoslangan;
innovatsion mahsulotlarning barcha etkazib beruvchilari va iste’molchilariga virtual raqamli tizimiga kirishda teng imkoniyatlarni taqdim etish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot sektori o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda tijoratlashtirish imkoniyatlarini axborot-tahliliy interaktiv tizimi (GIS, geographic information system)ni joriy etish orqali kengaytirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda innovatsion mahsulotlar hajmi oshishini chegaralovchi omillar ta’sirini hisobga olgan holda hududlarni innovatsion rivojlanishining 2026-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarning innovatsion rivojlanishi va uning ekotizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida:
maxsus innovatsion hududlarda “Innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash kafolat jamg‘armasini tashkil etish“ orqali biznes muhit jozibadorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” dasturi hamda Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 308-10-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil 9-fevraldagi 2-5-557-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida hududlarida innovatsion biznes muhitini tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
ixtisoslashtirilgan innovatsion tumanlar Uyushmasini tashkil etish orqali hududlarni innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish va ularning raqobatbardosh ustunliklaridan samarali foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” dasturi hamda Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-10-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil 9-fevraldagi 2-5-557-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida hududlarni innovatsion rivojlantirish strategiyasi maqsadlariga erishish va institutsional mexanizmlarni yanada takomillashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
axborot-tahliliy interaktiv tizimini (GIS, geographic information system) yaratish orqali innovatsion mahsulotlarning barcha etkazib beruvchilari va iste’molchilariga virtual raqamli tizimiga kirishda teng imkoniyatlarni taqdim etish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot sektori o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish hamda tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” dasturi hamda Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-10-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil 9-fevraldagi 2-5-557-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlardagi innovatsion jarayonning barcha qatnashuvchilari on-layn tartibda interaktiv platforma tizimiga kirish imkoniyatlari, institutsional o‘zgarishlar, innovatsion mahsulotlar bozori konyunkturasi, innovatsiya sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, innovatsion xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni taqdim etish uchun sharoitlar yaratilgan;
O‘zbekistonda innovatsion mahsulotlar hajmi oshishini chegaralovchi omillar ta’sirini hisobga olgan holda hududlarni innovatsion rivojlanishining 2026-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Yangi O‘zbekistonni 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasi” dasturi hamda Toshkent viloyati hokimining 2022 yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 308-10-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati hokimligining 2023-yil 9-fevraldagi 2-5-557-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalarini ixtisoslashtirilgan innovatsion hududlarda qo‘llanishi mintaqaviy iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, innovatsion kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bergan.