To‘xtacinov Bobomurod Tulkinboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy hayotni tashkil etishda davlatning o‘rni (siyosiy nazariy tahlil)», 23.00.01 - Siyosat nazariyasi va falsafasi. Siyosiy ta’limotlar tarixi va metodologiyasi (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss267.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtatsinovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Otaqulov Shuhrat Murodullaevich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatda ijtimoiy hayot barqarorligini ta’minlashga qaratilgan davlatning ijrochilik funksiyalarining ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda erkin bozor munosabatlarini o‘z qonuniyatlari va adolat prinsiplari asosida davlat tomonidan tizimli, ratsional, gumanistik chora-tadbirlar orqali rivojlanishi ijtimoiy hayotda aholining mulkiy erkinligini ta’minlash va jamiyat barqaror taraqqiyotining asosi ekanligi ochib berilgan;
davlat tomonidan jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash va me’yoriy tartibga solish mexanizmlarini samarali joriy etishi aholida fuqaroviylik imkoniyatlarini oshirish, davlat va shaxs o‘rtatsidagi konstruktiv muloqotni  shakllanishiga xizmat qilishi aniqlangan;
globallashuv sharoitida jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi inson farovonligi, ijtimoiy-ma’daniy hamohanglik, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarda tolerantlik omillari “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga uzviy bog‘liq xalqparvar davlatni barpo etishning muhim zarurati ekanligi ochib berilgan;
jamiyatda qonun ustuvorligi, siyosiy hokimiyatning legitimligi, har bir inson uchun farovon turmush darajasining kafolatlanganligi hamda fuqarolarni siyosiy jarayonlardagi faolligini teng imkoniyatlariga tayanilishi davlatning ijtimoiy institutsionallashuviga olib kelishi asoslab berilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ijtimoiy hayotni tashkil etishda davlatning o‘rnini ochib berish hamda mazkur masalaning siyosiy-nazariy tahlilini amalga oshirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
jamiyatda erkin bozor munosabatlarini o‘z qonuniyatlari va adolat prinsiplari asosida davlat tomonidan tizimli, ratsional, gumanistik chora-tadbirlar orqali rivojlanishi ijtimoiy hayotda aholining mulkiy erkinligini ta’minlash va jamiyat barqaror taraqqiyotining asosi ekanligi borasidagi ilmiy xulosalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti 10-bandi “Avval - inson, keyin - jamiyat va davlat” g‘oyasini aholi ongiga chuqur singdirish hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy va targ‘ibot ishlarni tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 15-iyundagi 02-22/586-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda “Yangi O‘zbekiston – xalqparvar davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalarni targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
davlat tomonidan jamiyat ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda, fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash va me’yoriy tartibga solish mexanizmlarini samarali joriy etishi aholida fuqaroviylik imkoniyatlarini oshirish, davlat va shaxs o‘rtatsidagi konstruktiv muloqotni  shakllanishiga xizmat qilishi ilmiy xulosalaridan O‘zMRTK oldiga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishda foydalangan, xususan, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil mart va may oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayorlashda (2021-2022-yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 6-iyundagi 04-36-826-son dalolatnomasi). Natijada “Davlat – xalq uchun” siyosati va “Inson qadri uchun” tamoyilllarini targ‘ib qilishga qaratilgan qator ko‘rsatuv va teleeshittirishlarni tayyorlash va ularning ssenariylarini ishlab chiqishga muayan darajada xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida jamiyat xavfsizligi va barqarorligini ta’minlovchi inson farovonligi, ijtimoiy-ma’daniy hamohanglik, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarda tolerantlik omillari  “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga uzviy bog‘liq xalqparvar davlatni barpo etishning muhim zarurati borasida bildirilgan xulosalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturining “Partiya siyosiy mafkurasining” asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 7-fevraldagi 1-42-son dalolatnomasi). Natijada partiya dasturidagi ijtimoiy adolat va tenglik, xalqning tarixiy an’analarida chuqur ildiz otgan ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya kabi partiya siyosiy mafkurasining asosiy qadriyatlari hisoblangan me’zonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
jamiyatda qonun ustuvorligi, siyosiy hokimiyatning legitimligi, har bir inson uchun farovon turmush darajasining kafolatlanganligi hamda fuqarolarni siyosiy jarayonlardagi faolligini teng imkoniyatlariga tayanilishi davlatning ijtimoiy institutsionallashuviga olib kelishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining elektorat manfaatlari yo‘lidagi amaliy faoliyatida, partiyadan saylangan deputatlar faoliyatini amalga oshirish jarayonida hamda partiya tomonidan o‘tkaziladigan siyosiy o‘quv soatlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 7-fevraldagi 1-42-son dalolatnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan partiya saylovoldi dasturini ishlab chiqishda, hamda partiyaning amaliy faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish