Sayt test rejimida ishlamoqda

Egamberdiev Sharof Shuxratovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda g‘o‘zani zararlantiruvchi Fusarium turkumidagi patogenlarning molekulyar identifikatsiyasi va tavsifi», 03.00.14–Genomika, proteomika va bioinformatika (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.B49.

Ilmiy maslahatchi: Abdurahmonov Ibrohim Yulchievich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Genomika va bioinformatika markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, 16.07.2013.V.15.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy oppenentlar: Marupov Abbosxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Davronov Qahramon, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Dil`bar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori.

Etakchi tashkilot nomi: Mikrobiologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi Fusarium avlodi patogenlarining genomini molekulyar-genetik usullar bilan kompleks identifikatsiyalash, mahalliy  g‘o‘za navlariga nisbatan ko‘p uchrovchi patogen tur va rasalarning patogenlik xususiyatlarini baholashdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Fusarium avlodidagi patogenlar genomi tahlil qilingan, patogenlarning muhim bir nusxali genlarini (TEF–1α, BT, rDNA, NIR, PHO) re-sekvenslash amalga oshirilgan, beta tubulin (BT) geni nukleotid ketma-ketligiga asoslanib Fusarium oxysporum f.sp vasinfectum turining 2-, 3-, 8-rasalari va A va V patogenlar guruhini identifikatsiyalashga qodir universal SNP praymerlari ishlab chiqilgan;

allel`-spesifik PZR (ASPCR) metodi asosida Fusarium oxysporum f.sp. vasinfectum turining 3- va 8-rasalarini identifikatsiyalashga qodir praymer juftliklar ishlab chiqilgan;

O‘zbekistonda Fusarium avlodi vakillarining 6 ta turi (Fusarium solani, Fusarium equiseti, Fusarium sporotrichioides, Fusarium fujikuroi, Fusarium proliferatum, Fusarium oxysporum f.sp vasinfectum) molekulyar taksonomik jihatdan identifikatsiyalangan;

Fusarium oxysporum f.sp vasinfectu ning O‘zbekistonda tarqalgan 3-, 4- va 6-rasalari aniqlangan;

g‘o‘zaning keng ko‘lamda ekiladigan navlariga nisbatan Fusarium avlodi patogenlarining virulentlik darajasi baholangan;

patogenlilik batafsil bayon etilib, ilk bor molekulyar-genetik usullar bilan g‘o‘zaning eng xavfli patogenlari: Fusarium oxysporum f.sp vasinfectum ning 3 ta rasasi hamda O‘zbekiston uchun yangi patogen tur hisoblangan Fusarium solani aniqlangan;

fuzarioz viltga chidamligiga ko‘ra 3:1 nisbatda segregatsiyalanuvchi «Mebane B1» x «11970» genetik populyasiyasi yaratilgan va 237 ta polimorf lokuslar aniqlangan;

g‘o‘zaning viltga nisbatan chidamliligiga javob beruvchi potensial genlar aniqlangan;

genetik xaritalashtirish o‘tkazilib, viltga chidamlilik bilan assotsiatsiyalanuvchi BNL1145_259, BNL3442_112 lokuslari aniqlangan hamda in silico PZR o‘tkazilib, ushbu markerlarga yaqin joylashgan nomzod genlar bioinformatik usullar yordamida aniqlangan;

patogen xaritalar ishlab chiqilgan va turlarning tarqalishi haqida geografik koordinatalarga belgi qo‘yilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan quyidagi natijalar amaliyotga joriy qilingan:

yaratilgan Fusarium oxysporum f.sp vasinfectumning 5 ta rasasini identifikatsiyalovchi SNP praymerlar AQSh Qishloq xo‘jaligi departamentining Crop Science Research Laboratory, Genetics and Precision Agriculture Research Unit laboratoriyalari tomonidan patogenlarni identifikatsiyalash jarayoniga oid ilmiy-tadqiqotlarda foydalanilmoqda (United Statates Department of Agriculturening 2012 yil 30 yanvardagi ma’lumotomasi);

ishlab chiqilgan ASPCR praymerlar AQSh Qishloq xo‘jalik departamenti tomonidan «Abiotik va biotik omillarning dala va issiqxona sharoitlari negizida g‘o‘zaning fuzarioz viltga (FOV) nisbatan chidamliligini baholash» loyihasida (3096–21000–019–02-son) foydalanilgan (USDA–Agricultural Research Service, Labbok, Texas, 2015 yil 12 oktyabr`). FOV_BT_AS_R3 allel` spesifik praymeridan foydalangan holda FOVA genotipining 3- va 8-rasasi tezkor aniqlangan hamda moliyaviy va vaqt bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish