Davitov Umidjon Xasan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlashda fuqaroviy o‘zlikni anglashning siyosiy-mafkuraviy omillari», 23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss278.
Ilmiy rahbar: Amonov Baxtiyor Axtamovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlar doktori, professor; Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlashda fuqaroviy o‘zlikni anglash zaruriyati jamiyat siyosiy madaniyatiga, xulq-atvoriga hamda siyosiy-mafkuraviy me’yorlariga bog‘liq ekanligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqaroviy o‘zlikni anglash jarayonining (integrativ, uzviylik, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari orqali) ma’lum siyosiy maqsad asosida fuqarolarning faollashuvi milliy manfaatlarni amalga oshirishda bir tomondan xizmat qiluvchi pozitiv yoki taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi negativ oqibatlarga olib kelishi asoslangan;
fuqaroviy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglash hodisasiga o‘tishda siyosiy tuzum, milliy mafkura, milliy identiklik, milliy manfaat, siyosiy madaniyatning jamiyatga ta’siri, darajasi va legitimligi asosida o‘zgarib borish dinamikasi ochib berilgan;
har bir ma’muriy hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlari inson qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilishi fuqaroviy o‘zlikni anglashga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan;
fuqaroviy o‘zlikni anglashning barqaror taraqqiyotga xizmat qilishiga erishishda siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning integratsiyasi individual, manzilli, differensial, tizimli kompleks yondashuv asosida hal etilishi fuqarolarda preventiv va pragmatik xususiyatlarni shakllantirishning samarali mexanizmlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv sharoitida O‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlashda fuqaroviy o‘zlikni anglash siyosiy-mafkuraviy omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tavsiyalar asosida:
fuqaroviy o‘zlikni anglash jarayonining (integrativ, uzviylik, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari orqali) ma’lum siyosiy maqsad asosida fuqarolarning faollashuvi milliy manfaatlarni amalga oshirishda bir tomondan xizmat qiluvchi pozitiv yoki taraqqiyotga to‘siq bo‘luvchi negativ oqibatlarga olib kelishi asoslangan; fuqaroviy o‘zlikni anglashdan milliy o‘zlikni anglash hodisasiga o‘tishda siyosiy tuzum, milliy mafkura, milliy identiklik, milliy manfaat, siyosiy madaniyatning jamiyatga ta’siri, darajasi va legitimligi asosida o‘zgarib borish dinamikasi ochib berilgan xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IX “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish” yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xususan, ilmiy-amaliy izlanishlar olib borish tizimini yanada takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 13 sentyabr 02/02/1298-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonda milliy xavfsizlikni ta’minlash va kelajakda jamiyatimizning barqaror rivojlanishini siyosiy bashorat (prognoz) qilishga qaratilgan g‘oyalar, metodologik tavsiyalar markaz tomonidan hududlarda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida milliy o‘zlikni anglash va O‘zbekistonning milliy xavfsizligini ta’minlashda ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan;
har bir ma’muriy hudud aholisining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlari inson qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilishi fuqaroviy o‘zlikni anglashga to‘g‘ri proporsional bo‘lib, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi harakati hamda uning boshlang‘ich tashkilotlari tomonidan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirish dasturi”dan kelib chiqib, yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish kabi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish, iste’dodli yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘nalishida «Yoshlar press-klubi» faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2022 yil 22 sentyabrdagi 4-13-23-3082-son dalolatnomasi). Natijada, ommaviy axborot vositalari yordamida yoshlar ongiga ta’sir qiluvchi yot g‘oyalarga qarshi milliy xavfsizlik tushunchalarining nazariy, huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-falsafiy hamda g‘oyaviy asoslarini samarali targ‘ibot-tashviqot qilishga xizmat qilgan;
fuqaroviy o‘zlikni anglashning barqaror taraqqiyotga xizmat qilishiga erishishda siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning integratsiyasi individual, manzilli, differensial, tizimli kompleks yondashuv asosida hal etilishi fuqarolarda preventiv va pragmatik xususiyatlarni shakllantirishning samarali mexanizmlari ekanligi asoslangan xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2022 yilga mo‘ljallangan ish rejasining Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘limining 27. “Fuqarolar siyosiy madaniyatini rivojlantirish hamda millatlararo munosabatlarni yanada jadallashtirish maqsadida yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari bilan hamkorlikni kengaytirish” bandining ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 02/05-205-sonli dalolatnomasi). Natijada, siyosiy partiyaning respublikamiz bo‘ylab aholi o‘rtatsida fuqaroviy o‘zlikning anglashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.