Baratov Jo‘raqo‘zi Shukurjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlar asosida takomillashtirish (molekulyar fizika bo‘limi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1991.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xujanov Erkin Berdievich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Ikromjon Gulamjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikadan nostandart topshiriqlar ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarni tezkor fikrlashga o‘rgatuvchi reproduktiv, produktiv va ijodiy mashqlarni qayta aloqali muhitda shaxsiy monitoringli qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida molekulyar fizika bo‘limini o‘qitishning metodik tizimi nostandart topshiriqlarni tushunish, qayta ishlashga mo‘ljallangan interfaol ish turlarini teskari ta’lim jarayonida differensial adaptatsiyada qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlar asosida takomillashtirish modeli o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni intensiv rivojlantiruvchi transformativ topshiriqlarni moslashuvchan o‘quv muhitiga produktivlik va ijodiylik darajalariga ko‘ra kiritish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi o‘quvchilarning kreativ topshiriqlar mazmunini idrok etishga yo‘naltiruvchi farazni tekshirish va o‘zgartirish, qaror natijalarini refleksiv shakllantirish kabi bosqichlarni muammoli integrativ muhitda ijobiy dinamikada qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlar asosida shakllantirish bo‘yicha keltirilgan ilmiy metodik va amaliy takliflar asosida:
fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarni tezkor fikrlashga o‘rgatuvchi reproduktiv, produktiv va ijodiy mashqlarni qayta aloqali muhitda shaxsiy monitoringli qo‘llashga doir takliflaridan Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-martdagi 04-36-423-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning kreativligi, mustaqil fikrlashi hamda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishga erishilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida molekulyar fizika bo‘limini o‘qitishning metodik tizimi nostandart topshiriqlarni tushunish, qayta ishlashga mo‘ljallangan interfaol ish turlarini teskari ta’lim jarayonida differensial adaptasiyada qo‘llashga doir takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-avgustdagi 365-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “60110700-Fizika va astronomiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 17-martdagi 02/01-01-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktab o‘quvchilarining nazariy bilim, mantiqiy tafakkur hamda amaliy ko‘nikmalari rivojlantirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika o‘qitishning metodik tizimini nostandart topshiriqlar asosida takomillashtirish modeli o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni intensiv rivojlantiruvchi transformativ topshiriqlarni moslashuvchan o‘quv muhitiga produktivlik va ijodiylik darajalariga ko‘ra kiritishga doir taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’limning fizika fanini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 1-fevraldagi 01/11-01/9-51-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o‘quv ta’minoti o‘quvchilarda faollik va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.