Madaminov Azimbek Egamberganovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2808.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sharipov Allabergan Kamilovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Mahkamov Ulfat Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudov Bahrom Abdusamolovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etish mexanizmini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari hamda mexanizmi ta’limga individual yondashuvning pedagogik omillari va metodik tamoyillarining tarkibiy komponentlarini talabalarning akademik uslubini shakllantirishga nisbatan qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning didaktik parametrlari talabalarni ilmiy faoliyatga kiritish bosqichlarini innovatsion ta’lim muhitiga ilmiy tadqiqotchilikka doir mustaqil ta’lim talablariga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish bosqichlari va mezonlari ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kompetensiyaviy tavsifga ega dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning maqsadli, jarayonli, natijaviy komponentlari bilan o‘zaro ichki integratsiyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga muvofiq ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik shart sharoitlari talabalarning akademik mobilligi, tezkor qayta aloqa va jarayonlar izchilligini didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimiga nisbatan invariant qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
ta’limga individual yondashuvning pedagogik omillari va metodik tamoyillarining tarkibiy komponentlarini talabalarning akademik uslubini shakllantirishga nisbatan qo‘llash asosida takomillashtirilgan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari hamda mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan FZ-2020010829 - sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (2020-2022 yy.) mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 10-noyabrdagi 04/11-7049-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning akademik uslubini ta’minlash va ularni ilmiy faoliyatga jalb etish metodikasi takomillashtirilgan;
talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatga kiritish bosqichlarini innovatsion ta’lim muhitiga ilmiy tadqiqotchilikka doir mustaqil ta’lim talablariga integratsiyalash asosida aniqlashtirilgan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning didaktik parametrlari bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar pedagogik oliy ta’lim muassasalari jismoniy madaniyat yo‘nalishlari ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4441/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va kompetensiyaviy tavsifga ega dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning maqsadli, jarayonli, natijaviy komponentlari bilan o‘zaro ichki integratsiyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillariga muvofiq ta’minlash asosida aniqlashtirilgan jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarini ilmiy faoliyatga yo‘naltirish bosqichlari va mezonlari, jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining ilmiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik shart sharoitlarini talabalarning akademik mobilligi, tezkor qayta aloqa va jarayonlar izchilligini didaktik, texnologik va kreativ topshiriqlar tizimiga nisbatan invariant qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan №A1-XT-0-92-997 – “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muamolari” mavzusidagi innovatsion loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 9-dekabrdagi 02-07-4441/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari ommaviy axborot vositalari orqali ilmiy jamoatchilikka ma’lum qilingan.