Farmonov O‘ktam Ne’matovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped42.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Ulfatjon Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Botirova Shahlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Shakarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash tushinchasining mazmuni ijodiy faoliyatga tayyorlashni faollashtirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlarini o‘quv va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, avtomatik nazorat shakllari vositasida metodik jihatdan kengaytirish asosida ochib berilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarining tuzilmaviy komponentlarini rivojlantirish mexanizmlari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining motivatsion, intellektual, hissiy va irodaviy individual psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning funksional modeli umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish orqali ijodiy faoliyatga tayyorlashning algoritmik xaritasini joriy etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish metodlari va texnologiyalari kasbiy bilim hamda ijodiy faoliyatga o‘rgatish mexanizmlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida tashkiliy-ijodiy hamda texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
ijodiy faoliyatga tayyorlashni faollashtirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlarini o‘quv va ilmiy mazmundagi integrativ ijodiy topshiriqlar, interfaol metodlar, avtomatik nazorat shakllari vositasida metodik jihatdan kengaytirish asosida ochib berilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash tushinchasining mazmuni, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali talabalar tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablarning omil va mezonlari, tashkiliy-boshqaruv shartlariga doir taklif va tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining A1-QX-1-95207 raqamli “Zamonaviy darsliklarda konsentrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihalarilarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagidagi 02-07-4120/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ishlanmalar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining motivatsion, intellektual, hissiy va irodaviy individual psixologik xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarining tuzilmaviy komponentlarini rivojlantirish mexanizmlari, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash funksiyalari va modelini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2022 yil 19 iyul 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-0395 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashni rivojlantirishda interfaol ta’lim metodlari va texnologiyalari vositasida ijodiy ta’lim muhitini yaratishning informatsion-metodik tizimini takomillashtirish hamda ularning kreativ kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan.
umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish orqali ijodiy faoliyatga tayyorlashning algoritmik xaritasini joriy etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning funksional modeli, kasbiy bilim hamda ijodiy faoliyatga o‘rgatish mexanizmlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida tashkiliy-ijodiy hamda texnologik yondashuvlarga muvofiq metodik jihatdan tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida pedagogik turkum fanlarni o‘qitish metodlari va texnologiyalariga oid takliflar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining A1-QX-1-95207 raqamli “Zamonaviy darsliklarda konsentrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash” mavzusidagi ilmiy amaliy loyihalarilarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 18 noyabrdagidagi 02-07-4120/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish vositasida kreativ kompetentlikni shakllantirishga xizmat qilgan.