Tursunova Madina Ulug‘bekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida xalqaro-huquqiy hamkorligini takomillashtirish», 12.00.10–Xalqaro huquq (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu101.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.27.06.2017.Tar/Yu/I/S/24.01.

Rasmiy opponentlar: Ismailov Baxadir Islamovich, yuridik  fanlari doktori; Ergashev Vosid Yakubovich,  yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

“Ta’lim sohasida” xalqaro-huquqiy hamkorlik” tushunchasini, xalqaro huquqning mavjud nazariyalari va doktrinalari asosida mualliflik ta’rifi ishlab chiqiligan;

ta’lim sohasida davlatlar hamkorligi xalqaro-huquqiy tartibga solinishining rivojlanish davriyligi va tendensiyalari aniqlangan;

zamonaviy xalqaro huquq tizimida, xalqaro ta’lim huquqi kabi yangi tarmoqning shakllanishi nazariy asoslantirilgan;

ta’lim sohasida hamkorlikni tartibga soluvchi maxsus prinsiplar belgilanishi hamda ularning normativ mazmuni ochib berilgan;

davlatlar hamkorligining shartnomaviy shakli xususiyatlarini, shuningdek ta’lim sohasida xalqaro  normalarning ijro etilishi spesifikasi aniqlangan;

O‘zbekiston Respublikasi ta’limni rivojlantirish Konsepsiyasi, jahondagi ta’lim rivojining zamonaviy ilg‘or modellari va tendensiyalari asosida ishlab chiqilgan hamda uyg‘unlashtirish yo‘li bilan ta’limning milliy modelini uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari aniqlangan;

ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik sohasida tashkiliy-huquqiy asoslarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida xalqaro-huquqiy hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:

ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning zamonaviy masalalarini huquq amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining “Xalqaro hamkorlik” nomli V bob, 30, 31, 32, 33-moddalar bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari Institutining 2018 yil 23 apreldagi 01/1-215-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ta’lim sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligining huquqiy asoslarini takomillashtirish imkonini bergan;

pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslariga “Xalqaro ta’lim huquqi” kursini kiritish bo‘yicha olingan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil etish va malakasini oshirish bo‘yicha Bosh ilmiy-metodik markaz faoliyatiga joriy qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 martdagi 87-03-1023-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarning xalqaro ta’lim standartlari va xalqaro hamkorlik mexanizmlari sohasidagi bilimlarini oshirishga hamda oliy ta’lim ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi samaradorligini yanada oshirish imkonini bergan;

ta’lim sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va takliflar “Xalqaro huquq”, “Davlat va huquq nazariyasi” fanlari bo‘yicha darsliklar va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining 2018 yil 19 apreldagi 22-03-1023-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflardan foydalanish sohada xalqaro huquq va huquq nazariyasi yo‘nalishidagi tegishli o‘quv adabiyotlari mazmunini va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni zamonaviy talablar asosida takomillashtirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish