Sodiqov Usmonali Xudoberganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Dizel yoqilg‘isi uchun tutunga qarshi qo‘shimchalar sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 - Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3228.
Ilmiy rahbar: Xamidov Basit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Toir Zoirovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: etil spirti ishlab chiqarishda chiqadigan qoldiqlar (sivush moylari) va bariy benzosul`fonat asosida dizel yoqilg‘ilari uchun tutunga qarshi qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etil spirti qoldiqlari (sivush moylari) va bariy benzosul`fonatining 7:0,1, 10:0,1 nisbatdagi aralashmalari dizel yoqilg‘isiga qo‘shilganda setan soni birinchi qo‘shimchada 1-2 birlikka, ikkinchisida esa 4-5 birlikka oshishiga va odatdagi kuyindi dog‘i diametrini ko‘rsatkichini 30% gacha kamayishi aniqlangan;
sivush moylari va bariy benzosul`fonatining 10:0,1 nisbatdagi aralashmasi dizel yoqilg‘isini moylanishini xususiyatini yaxshilashi aniqlangan;
dizel yoqilg‘isining tribotexnik sinovlari natijasi murakkab efirlar bilan bariy benzosul`fonat o‘zaro ta’sirining mavjudligini ko‘rsatdi. Efirlar ta’sirining samaradorligi karbonil guruhlarining soniga, joylashishiga, shuningdek, uglevodorod radikalining uzunligiga bog‘liqligi aniqlangan;
dizel yoqilg‘isi uchun tutunga qarshi qo‘shimcha olishda sivush moylariga kam miqdorda bariy benzosul`fonatlarini qo‘shilishi yoqilg‘i yonganda moylanish xususiyatini yaxshilashi aniqlangan;
setan soni ko‘payishi va tutunga miqdorining kamayishiga asosiy hissa etil spirti qoldiqlariga (sivush moylariga) tegishli ekanligi isbotlangan;
sivush moylari va bariy benzosul`fonatiga asoslangan tutunga qarshi qarshi yangi qo‘shimcha olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dizel yoqilg‘isi uchun tutunga qarshi qo‘shimchalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
dizel yoqilg‘isi uchun tutunga qarshi qo‘shimchalar ishlab chikarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 14 noyabrdagi 02-03-01/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizel yoqilg‘isi yonganda tutunning ruxsat etilgan me’yor (0,3 mg/dm3) darajasining pasaytirish (0,287 mg/dm3) imkonini beradi;
efir asosli qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 14 noyabrdagi 02-03-01/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizel` yoqilg‘isining setan sonini samaradorligini oshirish imkonini beradi;
efirlar, kislotalar va bariyli tuzlar asosida tutunga qarshi qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJning 2022 yil 14 noyabrdagi 02-03-01/36-son ma’lumotnomasi). Natijada, dizel yoqilg‘isining yonishidan dastlabki holatga nisbatan tutunni 25 % gacha kamayish imkonini beradi.