Axrorov Akmaljon Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Chang va gazlarni tozalovchi rotor-fil`trli apparatda massa almashinish jarayonlarini tadqiq etish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2616.
Ilmiy rahbar: Tojiev Rasuljon Jumaboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Nigmadjonov Samug‘jon Karimjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat chang va gazlarini tozalovchi rotor-fil`trli apparatni takomillashtirish yo‘li bilan uning tozalash samaradorligini oshirish hamda undagi massa almashinish jarayonini jadallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fil`trlovchi barabani teshiklari o‘lchamining massa almashinish jarayoni hamda apparat tozalash samaradorligiga ta’siri aniqlangan;
qurilmaga beriladigan tozalandigan gaz oqimi tezligi o‘zgarishining massa berish va tozalash samaradorligiga ta’siri isbotlangan;
suyuqlik va gaz fazalardagi massa berish koeffisientlari aniqlangan;
vodorod ftorid gazini tozalash uchun absorbent tarkibidagi texnik soda konsentratsiyasi o‘zgarishi va absorbent sarfini ortishining massa berish koeffisientlariga ta’siri asoslangan;
sanoat chang va gazlarini tozalovchi rotor-fil`trli qurilma, tozalash samaradorligini oshirish, massa almashinish jarayonini jadallashtirish bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat chang va gazlarini tozalovchi apparatda kam energiya sarflagan holda yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rotor-filtrli apparat «Farg‘onaazot» AJning AS-72M sexida superfosfat ishlab chiqarish bo‘limiga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1785-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo sanoati changli gazlarni xol usulda 98,6 % gacha  tozalab, vodorod - ftorid gazining konsentratsiyasini 8,4 mg/m3 gacha kamaytirish imkonini bergan;
ftor vodorodni sodali suv va natriy gidroksikarbonatning suvli eritmasi bilan singidirish orqali gazlarni tozalash texnologiyasi «Farg‘onaazot» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining 2022 yil 9 sentyabrdagi 04-02/7-1785-son ma’lumotnomasi). Natijada, aylanuvchi fil`tr apparatning ekstraksion xarakteristikalarini maqbullashtirish bilan gazlarni samarali tozalash imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish