Rosulov Ruzimurad Xasanovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtaning dastlabki ko‘rsatkichlariga asoslangan texnologik mashinalarning boshqariladigan tozalash tizimini ishlab chiqish” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/T36
Ilmiy maslahatchi: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Djamolov Rustam Kamolitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamatova Dilrabo Alisherovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash texnologik mashinalarida paxtaning dastlabki ko‘rsatkichlariga asoslangan texnologik mashinalarning boshqariladigan tozalash tizimini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
takomillashtirilgan ta’minlagichning konstruktiv, kinematik va texnologik parametrlarini paxta va uzatma harakati orqali ifodalovchi matematik bog‘lanishlari mashina agregatning dinamik modellari asosida ishlab chiqilgan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasi samaradorligini oshirish maqsadida qayishqoq elementli qoziqchalarning konstruktiv parametrlari to‘la omilli tajribalarni qayta ishlashning kichik kvadratlar usuli yordamida aniqlangan;
paxtani iflosliklardan tozalash jarayonini jadallashtirishga ta’sir etuvchi paxta bo‘lakchasi bilan ifloslik o‘rtasidagi dempfirlik va bikrlik koeffisientlari ularni cho‘zilishdagi nisbatlarini hisoblash asosida aniqlangan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash jarayoniga ta’sir etuvchi havo oqimi tezligini hisobga olgan holda kolosnikli panjaraning takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxtani tozalash texnologik jarayonlari uchun uskunalarni ketma-ket ishlashini ta’minlash asosida paxtaning dastlabki ko‘rsatkichlarini e’tiborga oluvchi boshqariladigan mashinalar tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani tozalash samaradorligini oshirish imkoniyatini beruvchi ishlab chiqilgan ilmiy va tajribaviy natijalar asosida:
takomillashtirilgan paxtani tozalash uskunasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi korxonalarida, jumladan Toshkent viloyatining “REAL AGRO COTTON” UK Piskent tumani filiali, “Termiz Jayxun Klaster” MChJga qarashli Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 02/22-297 son ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan rejim bo‘yicha ishlov berilgan tolada nuqson va iflosliklarning massaviy ulushlari ham mavjud rejimdagiga nisbatan kamaygan, ya’ni yangi rejim nuqson va iflosliklarning massaviy ulushlarini II navli paxta xomashyosidan olingan tolada 0,48% (abs) va III navli paxta xomashyosidan olingan tolada 0,87% (abs) ga kamaytirishga imkon bergan;
paxta tozalash mashinasining qayishqoq asosga o‘rnatilgan qoziqchalaridan iborat konstruksiyalari Surxondaryo viloyati “Termiz Jayxun Klaster” MChJga qarashli Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 02/22-297 son ma’lumotnomasi). Natijada tozalangan paxta tarkibidagi mayda va yirik ifloslik miqdorining kamayganligi, tozalash samaradorligi esa, 7,9% oshganligiga erishilgan;
paxtani iflosliklardan tozalagichning yirik iflosliklardan tozalash seksiyasida arrachali baraban va kolosniklar, hamda ular orasidagi tirqishni aniqlash konstruksiyasi Toshkent viloyatining “REAL AGRO COTTON” UK ga qarashli Piskent tumani filialiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 02/22-297 son ma’lumotnomasi). Natijada kolosniklarning muqobil miqdorlari kolosnikli panjara konstruksiyasida eng katta zarbaga erishish imkoniyati yaratilgan;
paxta tozalash korxonalarida uning dastlabki ko‘rsatkichlariga asoslangan boshqariladigan tozalash tizimi Surxondaryo viloyati “Termiz Jayxun Klaster” MChJga qarashli Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 02/22-297 son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosining iflosligi 12% 4 sort, arrachali barabanlarni soni ikkita, qoziqchali barabanalar soni qirqta bo‘lganda tozalash samaradorligi 9% ga oshishiga erishilgan.