Bobatov Ulug‘bek Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli ekologik hududlarda etishtiriladigan pillalarni chuvish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T1184
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Kobulova Nilufar Jalilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: istiqbolli va xorij duragaylarining texnologik ko‘rsatkichlariga turli hududlar ekologik omillari ta’sirini o‘rgangan holda sifatli navli pilla va texnologik xususiyatlari yuqori ipak xomashyosi etishtirishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik iqlim sharoitida etishtirilgan pillalarning fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini chuqur tahlili asosida birinchi marta ularni texnologiyaga ta’siri qonuniyatlari aniqlangan xolda pillalarni chuvish jarayoni takomillashtirilgan;
shimoliy hududlarda etishtirilgan pillalarning xususiyatlaridan kelib chiqib cho‘zilish, bog‘lanuvchanlik hamda uzilish kuchi kabi qiymatlarning xom ipakning shakllanishi parametlariga bog‘liqligi ko‘p omilli tajriba natijalariga statistik ishlov berish yo‘li bilan isbotlangan;
turli sharoitlarda etishtirilgan pillalarni chuvishdagi xom ipakning shakllanish jarayonida chirmovlash o‘lchami, uzilish kuchi, xom ipakning cho‘zilishi va bog‘lanuvchanligi orasidagi bog‘liqliklarni tahlili asosida chirmoviqlashning yangi parametlari ishlab chiqilgan;
ekologik xududlarda etishtirilgan tut ipak qurti pillalari qobig‘ining xususiyatlaridan kelib chiqib, chuvishga tayyorlash jarayonida ratsional gidrotermik parametrlarni ishlab chiqilgan holda, yuqori sifatli 3A sinfga mansub xom ipak ishlab chiqarish uchun chuvish rejimlari takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tut ipak qurtining rayonlashtirilgan va istiqbolli sanoat duragaylari texnologik xususiyatlariga ekologik omillarning ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklarida yangi agrotexnik usulda etishtirilgan pillalardan takomillashtirilgan texnologiya asosida sifatli xom ipak chuvish usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 6 fevraldagi №1-1/124-son ma’lumotnomasi), xususan Xorazm viloyatidagi “Xorazm Ipagi” MChJ da joriy qilingan. Natijada, 100 kg xom ipak ishlab chiqarilganda rentabellik 31,7% ni tashkil etgan;
mahalliy sharoitda etishtirilgan “O‘zbekiston-5“, “Xitoy”, “Oltin vodiy-2” duragaylaridan yuqori sifatli “3A” sinfiga mansub xom ipak chuvishning muqobil usuli «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda («O‘zbekipaksanoat» uyushmasining 2023 yil 6 fevraldagi
№1-1/124-son ma’lumotnomasi), jumladan Xorazm viloyati Xiva tumanidagi “Khiva Silk Fabric” MChJda joriy etilgan rentabellik darajasi 23,4 % ga oshishiga erishilgan