Rajabov Ulug‘Bek Mamashoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidravlik zarba so‘ndirgichning hisobini takomillashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3526
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jonqobilov Ulug‘murad Umbarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot – instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik iqtisodiyot – instituti huzuridagi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Ismatilla Qo‘shaevich, texnika fanlari doktori, professor; Uralov Baxtiyor Raxmatullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Nasos stansiyalarining naporli gidravlik tizimlarida so‘ndirgichlardagi havo parametrlarining o‘zgarish qonuniyatini inobatga olgan holda gidravlik zarba so‘ndirgichi hisobini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quvurda salbiy va ijobiy gidravlik zarba jarayonlarida so‘ndirgichlarda  havo bosimi va hajmining  o‘zgarishlarini  inobatga olgan holda so‘ndirgich ichida politropik jarayonning  politropa ko‘rsatkichi qiymatining 1,2 ga tengligi eksperimental asoslandi;
naporli quvurda barqaror oqim boshlang‘ich parametrlarining keng intervaldagi o‘zgarishlarini va so‘ndirgichdagi politropik jarayonni inobatga olib  salbiy gidravlik zarba ish rejimida so‘ndirgichni hisoblashning matematik modeli takomillashtirilgan;
gidravlik zarba so‘ndirgichi ichida politropik jarayonni inobatga olgan holda naporli  tizimlarda ijobiy gidravlik zarba jarayonida so‘ndirgichni hisoblashning matematik modeli takomillashtirilgan;
naporli quvurda yuzaga keladigan salbiy va ijobiy gidravlik zarba so‘ndirgichlarida politropik jarayonni inobatga olib so‘ndirgichni hisoblash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan tadqiqot natijalari asosida so‘ndirgich ichidagi havoning siqilish va kengayish qonuniyatini hisobga olgan holda bosimning pasayishi va ortishi bilan sodir bo‘ladigan gidravlik zarba jarayonlarida so‘ndirgichlarni hisoblash usullarini takomillashtirish asosida:
nasos stansiyalarining naporli quvurlarida va naporli tizimlarida bosimning pasayishi va bosimining oshishi bilan sodir bo‘ladigan gidravlik zarba jarayonlarida so‘ndirgichlarni hisoblash usullari natijalari havoning siqish va kengayish qonunini takomillashtirishni hisobga olgan holda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Qarshi tumanidagi Qo‘ng‘irtog‘ nasos stansiyasiga  so‘ndirgichlarning taklif etilayotgan konstruksiyalari joriy etildi (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 martdagi 03/37-974-son ma’lumotnomasi). Qo‘ng‘irtog‘ nasos stansiyasining talofatsiz normal ishlashini ta’minlash natijasida resurs tejashning 6-9 foizga oshishi aniqlandi;
    O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Kitob tumanidagi Varganza-2 nasos stansiyasi bosimli quvurlarini suv zarbiga hisoblash usullari natijalari (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 martdagi 03/37-974-son ma’lumotnomasi) joriy etildi. Varganza-2 nasos stansiyasining muammosiz normal ishlashini ta’minlash natijasida resurslarni tejashning 7-10% ga oshishi aniqlandi. Natijada kutilgan iqtisodiy samaradorlik 40 000 000 (qirq  million) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish