Raxmatov Mashxur Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Arrali jin ishchi organlari takomillashgan konstruksiyasini yaratish”, 05.02.03-“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3118
Ilmiy rahbar: Agzamov Mirsalix, texnika fanlari doktor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizax poletexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kolosnik panjarasi va arrali silindr konstruksiyasini takomillashtirish yo‘li bilan arrali jin samaradorligini oshirish, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlam qalinligi 2 mm bo‘lgan  kolosnik yuzasini  quvvati ∆r=500 Vt/sm2 bo‘lgan yuqori chastotali tok yordamida qizdirishda   kolosnikning ishchi zonasi     qatlamida  haroratning  taqsimlanish qonuniyatlari aniqlangan;
kolosnik uchun toblashning ratsional temperaturasi yuza qatlamda  960 °C ga  va qatlam chegarasi uchun 850 °C ga tengligi hamda toblash vaqti 2 dan 12 sekundni  tashkil qilishi  aniqlangan;
toblangan kolosniklarni mikrostrukturaviy tahlili asosida zonalarning qattiqligi 42 HRC, 48-50 HRC va 53-55 HRC ga teng bo‘lishi va kolosnikli panjaraning arra bilan kontakt yuzasi eyilish  intevsivligini vaqtga bog‘liq qonuniyatlari aniqlangan;
arrali silindr tebranishlari amplitudasining o‘zgarish qonuniyati qistirmaning elastiklik koeffisientini hisobga olgan holda aniqlangan va polimer materialdan yasalgan  arralararo qistirmaning takomillashtirilgan  konstruksiyasi ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Takomillashtirilgan arrali silindrga va ishchi qismi toblangan kolosnik parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi yaratilgan kolosnik va jin arrali silindrlari bilan jihozlangan arrali jin "O‘zpaxtasanoat" OAJ tasarrufidagi "Qashqadaryopaxtasanoat" mintaqaviy filialining “Muborak”va “Nishon” paxta tozalash korxonalarini texnologik jarayoniga joriy etildi ("O‘zpaxtasanoat" AJning  2020 yil 4- maydagi №03-18/1218- son ma’lumotnomasi). Natijada import qilinayotgan kolosniklar 26,7 % tejalishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish