Sayfullayev Mexroj Sayfullayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlarning qadrsizlanishi hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2801.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukrullayevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ochilov Ilyos Keldiyarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aktivlar qadrsizlanish hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida aktivlar qadrsizlanishini hisobini yuritishda 9440-sonli «Asosiy vositalarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlar» hamda 9450-sonli «Nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlar» schyotlarini kiritish orqali moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri shakllantirish, axborotlarning shaffofligini ta’minlash taklifi asoslangan;
tovar-moddiy zaxiralar, nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar va gudvilning qadrsizlanishi bosqichlarida testdan o‘tkazish orqali har bir aktivning qadrsizlanganlik darajasini mantiqiy ketma-ketlik asosida baholash taklifi asoslangan; 
aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha aniq va batafsil analitik ma’lumotlarni shakllantirish jarayoni ularni hisobga olish bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarga “asosiy vositalar qadrsizlanishidan ko‘rilgan zarar” satrini kiritish asosida takomillashtirilgan;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar ichki audit va ichki nazorat tizimi faoliyati auditni rejalashtirish bosqichida aktivlar qadrsizlanishi jarayoni ichki nazorat tizimini baholash hamda aktivlarning kutilmaganda qadrsizlanishga uchrashish xavfini aniqlash taomillarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar qadrsizlanishi hisobi va auditini mhxs asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida 9440-sonli “Asosiy vositalarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlar” hamda 9450-sonli “Nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishidan ko‘rilgan zararlar” ishchi schyotlarini kiritish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zbekiston shampani” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston shampani” AJning 2023-yil 6-fevraldagi 02/23–sonli, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 27-martdagi 234/305–sonli, ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotda aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha aniq ma’lumotlar shakllangan hamda axborotdan foydalanuvchilar to‘g‘ri va shaffof ma’lumotlar bilan ta’minlangan;
aktivlarning qadrsizlanishini to‘rt bosqichda, jumladan tovar-moddiy zaxiralar, nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar va gudvilning qadrzlanishi bosqichlarida testdan o‘tkazish taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zbekiston shampani” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston shampani” AJning 2023-yil 6-fevraldagi 02/23–sonli, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 27-martdagi 234/305–sonli, ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi aktivlar qadrsizlanishi holatini testdan o‘tkazish orqali har bir aktivni mantiqiy ketma-ketlik asosida qadrsizlanganlik darajasini baholash imkonini bergan;
aktivlar qadrsizlanish jarayonlarini hisobga olish bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlarga “asosiy vositalar qadrsizlanishidan ko‘rilgan zarar” satrini kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda “O‘zbekiston shampani” AJlar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekiston shampani” AJning 2023-yil 6-fevraldagi 02/23–sonli, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2023-yil 27-martdagi 234/305–sonli, ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar qadrsizlanish jarayonlari bo‘yicha aniq va batafsil analitik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
aktivlarni kutilmaganda qadrizlanishga uchrashish xavfini aniqlash hamda auditni rejalashtirish bosqichida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar qadrsizlanishi jarayoni ichki nazorat tizimini baholash uchun ichki nazorat savolnomasi bo‘yicha taklifi “Odil audit” MCHJ shaklidagi auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Odil audit” MCHJ shaklidagi auditorlik tashkilotining 2023-yil 3-fevraldagi 17–sonli, ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga jorish etish natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda aktivlar qadrsizlanishi jarayonining ichki nazorat tizimi samarali baholashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish