Qodirov Nazirjon Ulugbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lemexlarga termik ishlov berib resursini oshirish texnologiyasini takomillashtirish», 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3361
Ilmiy rahbar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich, texnika fanlari doktori, professor; Melibayev Mahmudjon, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi plug lemexlariga termik ishlov berib resursini oshirish texnologiyasini takomillashtirish va termik ishlov berish parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plug lemexlariga termik ishlov berishda ularni navbat bilan induktorga uzatish, induktorda qizdirish va keyin sovituvchi suyuqlikka solish operatsiyalari avtomatlashtirilgan qurilmaning konstruksiyasi yaratilgan;
plug lemexlarini yaroqsizga chiqariladigan yeyilish miqdorini hisobga olgan holda yangi lemexlarni yuzaki toblashning parametrlari asoslangan;
eksperimental tadqiqotlar asosida lemex materialining yeyilish miqdori tuproqning nisbiy yeyiltirish xususiyatiga, bosimiga, ishqalanish tezligiga, lemex ishchi yuzasining qattiqligiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalovchi empirik bog‘lanishlar va regressiya tenglamasi olingan;
plug lemexlarining resursini ikki martagacha yuqori bo‘lish shartidan kelib chiqqan holda induksion termik ishlov berishning rejim parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lemexlarga termik ishlov berib resursini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
termik ishlov berishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida resursi orttirilgan lemexlar Andijon viloyati Asaka tumanidagi «Tolibjon chorvasi», Marhamat tumanidagi «Bobohuroson paxtasi», Izboskan tumanidagi «Izboskan fayzli zamini» fermer xo‘jaliklari va Marhamat tumanidagi «Marhamat agroservis MTP» MCHJ larida dala sinovlardan o‘tkazilgan hamda ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 07/22-05/158-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu plug lemexlarning ish resursi 1,82 martaga ortgan va ehtiyot qismlar sarfi kamaygan;
termik ishlov berishning takomillashtirilgan texnologiyasi «BMKB-Agromash” AJ va «UNIPROMASH» MCHJ ga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 16-yanvardagi 07/22-05/158-son ma’lumotnomasi). Natijada induksion termik ishlov berib resursi ikki martagacha orttirilgan plug lemexlarini seriyalab ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.