Nasirov Furqat Raufovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nefrolitiazning endoskopik jarrohlik uslublarini takomillashtirish», 14.00.31–Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib145.
Ilmiy maslahatchi: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Armais Al`bertovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Rossiya Federatsiyasi); Shadmanov Alisher Kayumovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.A.Lopatkin nomidagi Urologiya va intervension radiologiya ilmiy-tekshirish instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nefrolitiazning endoskopik jarrohlik uslublarini takomillashtirish va yangi optimal uslublarini ishlab chiqish yo‘li bilan endoskopik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korallsimon va ko‘p sonli nefrolitiaz bilan bemorlarni endoskopik davolash uchun ko‘p kirish yo‘lli perkutan nefrolitotripsiyaning ignali usuli ishlab chiqilgan;
siydik tizimining yuqori qismi (buyrak, siydik yo‘li) turli sathlarida joylashgan bir nechta toshlarni bir vaqtda olib tashlash, operativ amaliyot va anesteziyalar soni, davolanish va bemor reabilitatsiyasi muddatlarini qisqartirish imkonini beruvchi simul`tan perkutan nefrolitotripsiya usuli ishlab chiqilgan;
amaliyotdan keyingi infeksion asoratlar chastotasini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini oshirish imkonini beruvchi drenajsiz perkutan nefrolitotripsiya usuli ishlab chiqilgan;
amaliyot vaqtida asoratlarning (perforatsiya, qon ketish) yo‘qligi, toshlardan batamom qutulish va yuqori siydik yo‘llarining organik obstruksiyasining yo‘qligi perkutan nefrolitotripsiyaning drenajsiz usullarini qo‘llash imkonini beruvchi mezonlar aniqlangan;
klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan rezidual toshlar, siydik yo‘lining nazoratda bo‘lgan infeksiyasi hamda 3 sm dan kattaroq toshlarda va 2 soatdan ortiq davom etgan amaliyotlarda perkutan nefrolitotripsiyaning drenajsiz usullarini qo‘llash imkoniyati aniqlangan;
jarrohlik asoratlarining Clavien-Dindo bo‘yicha optimal moslashtirilgan klassifikatsiyasi yordamida nefrolitiazni endoskopik davolashning takomillashtirilgan usullarining (ko‘p kirish yo‘lli, simul`tan va drenajsiz) amaliyotdan keyingi asoratlarini ob’ektiv baholash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nefrolitiaz bilan bemorlarni endoskopik davolashni yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan «Perkutan nefrolitotripsiyaning ko‘p kirish yo‘lili usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05451, 2017 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash korallsimon va ko‘p sonli nefrolitiaz bilan bemorlarni endoskopik davolashda jarrohlik taktikasini optimallashtirish va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Simul`tan perkutan nefrolitotripsiya usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05470, 2017 yil). Taklif etilgan usulni buyrak va siydik qo‘li ipsilateral toshlari bilan bemorlarni endoskopik davolash uchun qo‘llash siydik yo‘llarining turli sathlarida joylashgan bir nechta toshlarni birvarakayiga olib tashlash, operativ amaliyot va anesteziyalar sonini, davolanish va bemorlar reabilitatsiyasi muddatlarini qisqartirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan «Drenajsiz perkutan nefrolitotripsiya usuli» uchun Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 05392, 2017 yil). Taklif etilgan usulni qo‘llash amaliyotdan keyingi infeksion asoratlar chastotasini kamaytirish, amaliyotdan keyingi davrda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
nefrolitiaz endoskopik jarrohligining yangi optimal usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, 1-Respublika klinik kasalxonasining urologiya bo‘limi va Farg‘ona viloyat urologiya markaziga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 noyabrdagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Perkutan litotripsiyaning taklif etilgan usullarini qo‘llash siydik yo‘llarining kateterga bog‘liq infeksiyasi chastotasini 17,6% ga kamaytirish, amaliyotdan keyingi davrda anal`getiklarga ehtiyojni 1,8 barobarga kamaytirish, bemorlarning kasalxonada yotish muddatlarini va tibbiy xizmatlar qiymatini qisqartirish imkonini bergan.