Qodirova Gulnoraxon Olimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta mahsulotlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash maqsadida pnevmotransport tizimida polietilen quvurlardan foydalanish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2522
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Juramirza Abdiramatovich, texnika fanlari doktori, professor; Rahimov Akmaljon Alisherovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport tizimidagi polietilen quvurdan foydalanilgan holda quvur germetikligini ta’minlash va paxtaning tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va pnevmotransport tizimini ish unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani pnevmotransportda uzatib berishda qo‘llaniladigan polietilen quvuri tarkibiga Irukamid moddasini qo‘llab orqali yangi kimyoviy formulasi ishlab chiqilgan.
ilk marotaba pnevmotransportda qo‘llanilgan polietilen tarkibiga qo‘shimcha erukamid moddasi qo‘shilib quvur mustahkamligi opimal parametri regression matematik model asosida aniqlangan.
paxta bo‘lakchasining polietilen quvur ichidagi harakat qonuniyatidan kelib chiqqan holatda to‘la omilli matematik model yordamida havo tezligining traektoriyasi aniqlangan;
polietilen quvurning ratsional texnologik parametrlari aniqlangan hamda tola va chigitning shikastlanishini oldini olish uchun paxtani yumshoq rejimda tashish hisobiga zarba kuchini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani havo yordamida tashish jarayonidagi polietilen quvurning tarkibini erukamid qo‘shimchasini qo‘shish va pnevmotransport tizimiga joriy qilish orqali olingan natijalar asosida:
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan tarkibi o‘zgartirilgan polietilen quvur “Namangan To‘qimachi cluster” MCHJ ga qarashli “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 06 fevraldagi 02/22-48-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi shikastlanish tufayli hosil bo‘ladiga nuqsonlarning massaviy ulushini 2,5 % ga kamayishiga va quvur germetikligini ta’minlash orqali havo sarfini tejash hisobiga tashish 10 tonnadan 12 tonnaga oshirishga erishilgan.