Nazirova Raxnamoxon Muxtorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlari asosida murakkab NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T604.
Ilmiy maslahatchi: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Erkaev Axtam Ulashovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov Tulkin Isamurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq yuqori samarali va konsentrlangan kompleks ekinlarini ildiz va barg tizimlari orqali oziqlantirish uchun suyuq va suspenziyali kompleks NP- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosforitning NNO3 ning kamaytirilgan meyyori bilan o‘zaro intensiv ta’siri natijasida xosil bo‘lgan bo‘tqalar, NN4NO3 yoki SO(NN2)2, eritmalari, KSl asosida tarkibida oltingugurt tutgan suspenziyali, insektisid faol o‘g‘itlar olishning  maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
elementar oltingugurtning, ularni suvda erimaydigan komponentlar bilan aralashtirilganda gidrofil holatga o‘tishi suspenziyali o‘g‘itlar komponentlarini faollashuviga tasiri ishlab chiqilgan;
yangi turdagi suspenziyali kompleks o‘g‘itlarning kimyoviy tarkibi va xossalariga NN4NO3, SO(NH2)2, elementar S va KSl ning ta’siri aniqlangan;
MQ past navli fosforitlarini 75-93 % sul`fat kislota bilan parchalashning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
MQ fosforitlarini  N2SO4  va HNO3  eritmalari bilan parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan bo‘tqalar, KSl, NN4NO3, (NN4)2SO4  va SO(NH2)2  asosida asosida fosfor-kaliy va azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlar olishning texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
fosforitlarning parchalanish mahsulotlarini kaliyli va azotli o‘g‘itlar bilan aralashmasining dastlabki neytrallash jarayonida o‘zaro kimyoviy ta’sirlashmasligi  va ular tarkibi o‘zgarmasligi aniqlangan;
karbamiddan azot tutuvchi o‘g‘it sifatida foydalanilganda, SO(NH2)2 va Ca(NO3)2 qo‘sh birikmalari hosil bo‘lishi hisobiga azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy va tovar xossalari oshishi aniqlangan;
MQ past navli fosforitlarini N2SO4  va HNO3  eritmalari bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir qilish hamda KSl va azotli o‘g‘itlar bilan aralashtirish yo‘li orqali fosfor-kaliy va azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlar olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
MQ past navli fosforitlari asosida fosfor-kaliyli va azot-fosfor-kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nitrofos ishlab chiqarish suspenziyasi va NN4NO3 eritmasi asosida kompleks suspenziyali o‘g‘it olish texnologiyasi “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand fertilizers and chemicals” QKning 2023 yil 27 yanvardagi 02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada, oltingugurtli suyuq kompleks o‘g‘itlar o‘simlikni o‘sishi va rivojlanishini tezlashtirib, kasalliklarga chidamliligini, hosildorlik va mahsulot sifatini  oshirish imkonini beradi;
Markaziy Qizilqum fosforitlarini sul`fat kislota bilan parchalash yili orqali yangi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” QKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Indorama Kokand fertilizers and chemicals” QKning 2023 yil 27 yanvardagi 02-40-son ma’lumotnomasi) Natijada, azot va kaliy bilan boyitilgan fosforli o‘g‘itlarning yangi assortimentini ishlab chiqarish uchun past navli fosforitlardan foydalanish imkonini beradi;
past navli fosforitlarini  nitrat kislotali parchalash mahsulotlari va ammoniy nitrati aralashtirish orqali tarkibida fosfor tutuvchi suyuq suspenziyalangan selitra - SSFU olish texnologiyasi “Elektrokimyo zavod” AJ KKning “2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyo zavod” AJ KKning 2023 yil 7 fevraldagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatishga qulay, o‘simliklarni hosildorligini oshiruvchi suyuq o‘g‘it olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish