Tadjiev Sunnat Saydalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent viloyatining irrigatsiya eroziyasiga moyil tuproqlarida g‘o‘zani sug‘orish usulini takomillashtirish”, 06.01.02 – «Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2022.2.PhD/T2578
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Isaev Cabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich – Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Informatika o‘qitish asoslari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor;
Gapparov Samandar Mamatqulovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti “Sug‘orish texnologiyalari va texnikasi” laboratoriyasi mudiri, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: irrigatsiya eroziyasiga uchraydigan tuproqlar sharoitida g‘o‘zani sug‘orishda egatlarga beriladigan suv sarfini aniqlash, eroziyaga qarshi kurash samaradorligini aniqlash, suv sarfi, erozion jarayonlarini yumshatish, tuproq unumdorligini saqlab, mo‘l va sifatli paxta hosili etishtirish samaradorligini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy geoaxborot tizimlaridan foydalanib masofadan zondlash asosida irrigasiya eroziyasiga moyil tuproq maydonlarini tezkor aniqlash usuli takomillashtirilgan;
irrigasiya eroziyasiga moyil tuproqlarda nishabliklarni hamda tuproq namligini hisobga olgan holda g‘o‘zani maqbul sug‘orish rejimini hisoblash modeli ishlab chiqilgan;
g‘o‘zani egatlab sug‘orishda maqbul suv sarfi miqdorlarini berish asosida egatda unumdor tuproq qatlami yuvilishini bashorat qilish usuli takomillashtirilgan;
irrigasiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda g‘o‘zani egatlab sug‘orishda sug‘orish texnikasi elementlarini qo‘llash asosida paxta hosildorligini bashorat qilish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyati Piskent tumani qadimdan sug‘oriladigan irrigasiya eroziyasiga moyil bo‘lgan tuproqlar sharoitida g‘o‘zani sug‘orish usullarni takomillashtirish orqali olingan natijalari asosida:
Irrigasiya eroziyasiga moyil bo‘lgan tuproqlar sharoitida g‘o‘zani sug‘orish usullarni takomillashtirish Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Tojiboeva Zavra”, “Oybek Sotiboldiev” va “Ashirmetov Jumaboy” fermer xo‘jaliklari sug‘orish maydonlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 03/27-3687-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha hosildorlik 3,2 s/ga oshirishga erishilgan va ushbu texnologiyalarning qo‘llanilishi natijasida daryo suvini 10-20 foizga, tuproqning yuvilishi 10-15 foizga kamayishi, paxtadan qo‘shimcha 3,2 s/ga oshishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikga erishilgan;
g‘o‘zani sug‘orishda maqbul suv sarfi miqdorlarini berish orqali irrigasiya eroziyasiga uchragan tuproqlarni meliorativ holati yaxshilash Tojiboeva Zavra”, “Oybek Sotiboldiev” va “Ashirmetov Jumaboy” fermer xo‘jaliklari sug‘orish maydonlariga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 dekabrdagi 03/27-3687-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning yuvilgan qismida an’anaviy oddiy to‘g‘ri egatlar orqali g‘o‘za sug‘orilganda mavsumda tuproq zarrachalarining yuvilishi 40,58 t/ga ni, zig-zag orqali sug‘orilganda tuproqni yuvilishi 13,07 t/ga.ni tashkil qilgan yoki 3,1 marta kamaygan, tuproqning yuvilishi qiyalikning yuvilmagan qismida 2,4 marta, yuvilib tushgan tuproq zarrachalari o‘tirgan pastki qismida esa 3,2 marta kamayganligi aniqlangan.