Kazakova Saxobat Odilbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli ishlab chiqarish va konstitusiya tiplariga bog‘liqlikda simmental zotli qoramollarning mahsuldorligini oshirish yo‘llari”, 06.02.03-Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.RhD/Qx824
Ilmiy rahbar: Ro‘ziboyev Nuraddin Rahimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/30.12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Dosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amirov Shavkat Kuzibayevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli ishlab chiqarish va konstitusiya tiplariga bog‘liqlikda simmental zotli sigirlarning sut mahsuldorligini, eksterer, yelin va pushtdorlik xususiyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor issiq iqlim sharoitida simmental zotli sigirlarning maqbul ishlab chiqarish va konstitusiya tiplaridan foydalanish orqali sigirlarning mahsuldorligini oshirish yo‘llari asoslangan;
mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan sut va sut-go‘sht ishlab chiqarish tipidagi simmental zotli sigirlarning sut miqdori, go‘sht-sut ishlab chiqarish tipidagi sigirlarnikidan 443,2 kg yoki 9,2% va 129,4 kg yoki 2,3% yuqori bo‘lishi isbotlangan;
mustahkam konstitusiya tipiga ega sigirlar mahalliy iqlim sharoitlariga moslashganligi sababli, ularning laktatsiya davomidagi sut miqdori, dag‘al konstitusiyadagi sigirlarinikidan 346,2 kg, sut yog‘i chiqimi 12 kg, sut oqsili chiqimi 13,6 kg, 4%-li sut miqdori 298,2 kg yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
mustahkam konstitusiya tipidagi sigirlardan tug‘ilgan buzoqlarning tirik vazni, dag‘al konstitusiya tipidagi tengqurlarnikiga nisbatan 12 oylikda 6,2 kg, 15 oylikda 8,1 kg va 18 oylik yoshida 11,1 kg yuqori bo‘lganligi, bu avlodlardan kelgusida sutdor podalarda foydalanishda muhimligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli ishlab chiqarish va konstitusiya tiplariga bog‘liqlikda simmental zotli sigirlarning mahsuldorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mahalliy sharoitda urchitib ko‘paytirilayotgan simmental zotli sut ishlab chiqarish tipiga xos sigirlar mahsuldorligini oshirish usuli Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Hamro To‘xta” nomli naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 6 fevraldagi 02/23-39-son ma’lumotnomasi). Sut ishlab chiqarish tipiga xos har bir bosh sigirdan laktatsiya davomida olingan sof foyda 7753,2 ming (yetti million yetti yuz ellik uch ming ikki yuz) so‘mni, rentabellik darajasi 33,4% (o‘ttiz uch butun o‘ndan to‘rt foiz) ni tashkil etgan;
mahalliy sharoitda urchitib ko‘paytirilayotgan simmental zotli sut-go‘sht ishlab chiqarish tipiga xos sigirlar mahsuldorligini oshirish usuli Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi “Uneversal-5” MChJ naslchilik xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 6 fevraldagi 02/23-39-son ma’lumotnomasi). Natijada sut-go‘sht ishlab chiqarish tipiga xos har bir bosh sigirdan laktatsiya davomida olingan sof foyda 6706,1 ming (olti million yettiz yuz olti ming bir yuz) so‘mni, rentabellik darajasi 30,4% (o‘ttiz butun o‘ndan to‘rt foiz) ni tashkil etgan;
mahalliy sharoitda urchitib ko‘paytirilayotgan simmental zotli mustahkam konstitusiya tipiga xos sigirlar mahsuldorligini oshirish usuli Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Zokir-Zarif” naslchilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 6 fevraldagi 02/23-39-son ma’lumotnomasi). Natijada mustahkam konstitusiya tipiga xos har bir bosh sigirdan laktatsiya davomida olingan sof foyda 7199,4 ming (yetti million bir yuz to‘qson to‘qqiz ming to‘rt yuz) so‘mni, rentabellik darajasi 32,1% (o‘ttiz ikki butun o‘ndan bir foiz) ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish