Abduraxmonov Akbar Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida milliylik va umuminsoniylik tamoyillari uyg‘unligi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal885.
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: O‘tamurodov Akbar, falsafa fanlari nomzodi, professor; Norqulov Suhrob Dustmurodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida milliylik va umuminsoniylik tamoyillari uyg‘unligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliylik va umuminsoniylik tamoyillarini uyg‘unlashtirish fuqarolik jamiyati shakllanishida substansional omil va konstruktiv asos sifatida ijtimoiy ongda namoyon bo‘lishi hamda jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda milliy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlar bilan parallel tarzda muvofiqlashtirish kabi funksionallikka ega ekanligi ochib berilgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonida milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining uyg‘unlashuvi shaxs-jamiyat-davlat munosabatlarida dunyoviy va ijtimoiy davlatga xos yangi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga hamda yangicha dunyoqarash modelining shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishishda erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, tolerantlik kabi umuminsoniy tamoyillarning doimiy ravishda ijtimoiy ongga singdirilib borilishi fundamental ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida eng oliy qadriyat sifatida belgilangan inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni dunyoviylik prinsiplari asosda yangi bosqichga olib chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishida milliylik va umuminsoniylik tamoyillari uyg‘unligi mavzusini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
milliylik va umuminsoniylik tamoyillarini uyg‘unlashtirish fuqarolik jamiyati shakllanishida substansional omil va konstruktiv asos sifatida ijtimoiy ongda namoyon bo‘lishi hamda jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda milliy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlar bilan parallel tarzda muvofiqlashtirish kabi funksionallikka ega ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda V. Tashqi siyosat, xavfsizlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar kabi bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2023 yil 7 fevraldagi 02/02-04-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yagona vatan, uning manfaatlari har narsadan ustunligini ta’minlashga qaratilgan tamoyillarni boyitish, to‘ldirish, millatlararo do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash hamda umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan g‘oyalarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishi jarayonida milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining uyg‘unlashuvi shaxs-jamiyat-davlat munosabatlarida dunyoviy va ijtimoiy davlatga xos yangi qadriyatlar tizimining yuzaga kelishiga hamda yangicha dunyoqarash modelining shakllanishiga olib kelishiga doir xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 25 avgustdagi «Yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 14 dekabrdagi 02-22/546-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirning natijadorligini oshishiga xizmat qilgan;
mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida global xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishishda erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, tolerantlik kabi umuminsoniy tamoyillarning doimiy ravishda ijtimoiy ongga singdirilib borilishi fundamental ahamiyatga ega ekanligi bilan bog‘liqligiga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax viloyati Tojik milliy-madaniy markazining «Demokratik taraqqiyotni aks ettiruvchi turli xildagi to‘plamlar, ijodiy ishlarni chop etish va xalq ommasiga yetkazishda har tomonlama ko‘maklashish» nomli 63-11/41 grand loyihasining «Milliy qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari, udumlarini saqlash va ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirish» deb nomlangan 4-bandida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax viloyati Tojik milliy-madaniy markazining 2023 yil 1 fevraldagi 2-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar grand loyihasini yangi ilmiy-faktik ma’lumotlar bilan boyishiga hissa qo‘shgan;
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida eng oliy qadriyat sifatida belgilangan inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni dunyoviylik prinsiplari asosda yangi bosqichga olib chiqish zarurati ilmiy asoslanganligiiga doir xulosalardan «O‘zbekiston» teleradiokompaniyasi faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni hamda 2022 – yil «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan «Millat va ma’naviyat», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2023 yil 13 fevraldagi 09-36-227-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklar tinglovchilarni fuqarolik jamiyatiga oid bilimlarini kengayishiga xizmat qilgan.