Sayt test rejimida ishlamoqda

Allamov Oybek Turabaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Graflar nazariyasi asosida marshrutlarni tanlash masalasini echish usul va algoritmlari», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T48.

Ilmiy rahbar: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Raxmatullaev Marat Alimovich, texnika fanlari doktori, professor; Suvonov Olim Omonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: graflar nazariyasining model`, usul va algoritmlari asosida transport vositalari harakatlarini tartibga solishni loyihalash, ma’lumotlarga paralel va taqsimlangan holda ishlov berishning dasturlari majmuasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

transport vositalari harakatlarini tartibga solish uchun L ta zahira yo‘lni aniqlash va mukammal marshrutni tanlash masalasini echishning Deykstra algoritmi dinamik tuzilmalar asosida takomillashtirilgan;

shaharlarda transport vositalari harakatlarini tartibga solish va  tirbandliklarni kamaytirishda graf ma’lumotlar bazasining axborot IDEF1x modeli ishlab chiqilgan;

transport vositalari harakatlarini tartibga solishda ma’lumotlarga parallel va taqsimlangan holda ishlov berish algoritmi ishlab chiqilgan;

eng maqbul marshrutlarni aniqlashda axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanishni va ma’lumot almashishni ta’minlovchi integratsiya modullari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Graflar nazariyasi asosida marshrutlarni tanlash masalasini echish usul va algoritmlari hamda dasturiy vositalar majmuasini loyihalash asosida:

ko‘p parametrli dinamik graflarda eng maqbul marshrutlarni aniqlash algoritmi va dasturiy vositasi “O‘zbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” filialiga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 33-8/7905-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan dasturiy vositani qo‘llash orqali mutaxassislarga tizim turg‘un ishlashida qaror qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;

transport vositalari harakatlarini tartibga solish va shaharlarda tirbandliklarni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositalar majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati “MustafoSofware” MChJga joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 33-8/7905-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasidagi matematik va dasturiy ta’minotni qo‘llash transport vositalariga ketadigan sarf-xarajatlarni 11-15%ga kamaytirish imkonini bergan;

transport vositalari harakatlarini monitoring qilish va foydalanuvchilarga interfaol xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy vosita O‘zbekiston avtomobil` va daryo transporti agentligi Xorazm viloyati boshqarmasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 33-8/7905-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan dasturiy vositani qo‘llash shaharda transport vositalaridan foydalanish unumdorligini 1,2 martaga oshirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish