Rozumbetov Kenjabek Umar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yida yashovchi navqiron ëshdagi o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari va kardioritmni tartibga solishning tahlili», 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B837. 
Ilmiy rahbar: Yesimbetov Adilbay Tlepovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.B.70.03.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Rahmatullayev Yorqin Shokirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orolbo‘yida yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishi va yurak faoliyatining vegetativ tartibga solinishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishi etnik xilma-xillikka bog‘liqligi aniqlangan;
sport bilan shug‘ullanmaydigan navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarga nisbatan sportchilarda tananing dolixomorfizatsiyalashuvi tendensiyasi isbotlangan;
Orol dengizi hududiga yaqin joylashgan kritik zonada yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning tana tuzilishi xususiyatlari ekologik sharoitlarga bog‘liqligi aniqlangan;
Orolbo‘yida yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarda parasimpatik tizim tonusining yuqori darajada kuchlanishi aniqlangan;
navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarda tana tuzilishining braximorfizatsiyasi qo‘shimcha nafas olish qarshiligiga past “simpatik” javobning prognozli markeri hisoblanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orolbo‘yida yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanish xususiyatlari va kardioritmni tartibga solishning tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy faollikka bog‘liq holda navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarda jismoniy rivojlanish xususiyatlari va kardiorespirator tizimining ko‘rsatkichlari, shuningdek, Elevation Training Mask 2.0 trenajyor niqobi yordamida qo‘shimcha nafas olish qarshiligini modellashtirish orqali yoshlarda yurak ritmi o‘zgaruvchanligini tartibga solish to‘g‘risidagi tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi amaliyotida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022 yil 17-dekabrdagi 01-14/2777-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasining noqulay ekologik sharoitlarida yashovchi navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarda jismoniy chidamlilik va jismoniy tayyorgarlik chegaralarini aniqlash, sport yuklamalarini bajarishda kardiorespirator tizim faoliyatining xususiyatlarini baholash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida aholi yashash punktining ekologik sharoitiga qarab, navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning morfofunksional xususiyatlari va kardioritmning regulyasiyasi to‘g‘risida obyektiv ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 19 yanvardagi 01/392-son ma’lumotnomasi). Natijada, navqiron yoshdagi o‘g‘il bolalarning jismoniy rivojlanishi, kardiorespirator tizimining funksional holati bo‘yicha mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish