Shermanova Feruza Djumaboevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish”, 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3806.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Meliboyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuritdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Go‘zal Malikovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-6 yosh bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediamuhit sharoitida maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish, oz-ozini tashxislash instrumentlariga yonaltirilgan o‘quv mashqlariga ustuvorlik berish asosida shakllantirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual-bilish malakalari, elementar matematik tasavvurlarini kengaytirish mazmuni tadqiqiy-bilishning refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning algoritmik faoliyatiga konstruktivlik va rekonstruktivlik darajalarda ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli bolalarda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mediaiste’molni faol va tanqidiy jarayonga transformasiyalashgan muhitda singdirish asosida ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti yangi virtual avlod va kengaytirilgan reallik texnologiyalari hamda “MediaBolajon” nomli elektron platformasini o‘quv-tarbiyaviy jarayonga joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: MTT tarbiyachilari va ota onalar uchun bolalarning aqliy va ijodiy rivojlantiruvchi “MediaBolajon” nomli elektron platformasi https://mediabolajon.uz/ manziliga joylashtirib Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy va ijodiy rivojlantirishda nazariy va amaliy bilimlarni tarbiyalanuvchilarga yetkazishda keng foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 03-03/2-3309-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasining takomillashtirilishiga erishilgan;
mediata’lim texnologiyalari asosida bolalarni intellektual-bilish malakasi, elementar matematik tasavvurlar, tadqiqiy-bilishning refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalari A1-XT-0-92997-raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli loyihaning protsessual qismini yaratishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 03-03/2-3309-son ma’lumotnomasi). Natijada, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish orqali maktabgacha ta’lim sifatini monitoring qilish imkoniyati yaratilgan;
intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish modeli bolalarda axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mediaiste’molni faol va tanqidiy jarayonga transformasiyalashgan muhitda singdirish asosida ishlab chiqilgan xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim standarti, IZ-202102272 raqamli “Bolalarning bilish jarayonlari va matematik tasavvurlarini rivojlantiruvchi “Aqlli bog‘cha” elektron portalini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 03-03/2-3309-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda axborot kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha markazlarda tarbiyachi va bolalar o‘rtasidagi hamkorlikni maqsadli tashkil etishga hamda didaktik jihatdan ta’minlashga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini mediata’lim texnologiyalar asosida rivojlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan pedagogik talablar va ularning mezonlari ishlab chiqilib maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022 yil 29 dekabrdagi 03-03/2-3309-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim mazmuni takomillashtirilgan hamda maktabgacha yoshdagi bolararning bilim va amaliy ko‘nikmalari darajalari oshgan

Yangiliklarga obuna bo‘lish