Qosimova Shaxnoza Nuriddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyalari”, 13.00.07 –Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1720. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Eshpo’latov Komiljon Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Hurvaliyeva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Djanpeisova Gavhar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malaka oshirish jarayoni uzluksizligini ta’minlash texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malaka oshirish jarayoni uzluksizligini ta’minlash texnologiyasini amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari direktorning ijtimoiy, kasbiy, shaxsiy faoliyatli, innovatsion yondashuvlariga ustuvorlik berish orqali professiogramma ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari malakasini oshirishning tashkiliy - didaktik modeli o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, tizimliligi, kontekstligi, ta’lim natijalarini yangilash va ta’lim ehtiyojlarini rivojlantirish hamda ta’limning elektiv tamoillari asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarning uzviyligini malaka oshirish jarayonlarini uzluksiz taminlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga qo‘yilgan ijtimoiy-huquqiy talablarni mustaqil rivojlantirishiga va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha monitoring qilish imkonini beradigan hamda malaka oshirish tizimidagi modul dasturini individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash texnologiyasi boshqaruv faoliyati mezonlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda malaka oshirish mazmuni va kasbiy tajribani integratsiyalashga, moslanuvchanlik va motivatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyalari bo’yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida quyidagi ilmiy-metodik natijalar olingan:
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining malaka oshirish jarayoni uzluksizligini ta’minlash texnologiyasini amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari direktorning ijtimoiy, kasbiy, shaxsiy faoliyatli, innovatsion yondashuvlariga ustuvorlik berish orqali professiogramma ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid xulosalar O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2021 yil 25 martdagi 03-02/2-796-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tizimi uchun zahira rahbar xodimlarni tayyorlash bo’yicha onlayin shakldagi qisqa muddatli o’quv kurslarining dasturiy ta’minoti sifatida foydalanilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari malakasini oshirishning tashkiliy - didaktik modeli o‘z-o‘zini mustaqil rivojlantirish, tizimliligi, kontekstligi, ta’lim natijalarini yangilash va ta’lim ehtiyojlarini rivojlantirish hamda ta’limning elektiv tamoillari asosida maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarning uzviyligini malaka oshirish jarayonlarini uzluksiz taminlash hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining uzluksiz malakasini oshirishni ta’minlash texnologiyasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlariga qo‘yilgan ijtimoiy-huquqiy talablarni mustaqil rivojlantirishiga va o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha monitoring qilish imkonini beradigan hamda malaka oshirish tizimidagi modul dasturini individuallashtirishga oid taklif va tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 7 maydagi 74-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tizimi rahbar xodimlarining uzluksiz malaka oshirish motivasiyasini rivojlantirishga erishilgan; 
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash texnologiyasi boshqaruv faoliyati mezonlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda malaka oshirish mazmuni va kasbiy tajribani integratsiyalashga, moslanuvchanlik va motivatsiyaga ustuvorlik berishga oid xulosalar O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2022 yil 8 avgustdagi 03-01/5-2158 son xati). Natijada, mazkur kurslarning samaradorligini oshirishga muvaffaq bo’lingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish