Ruziyeva Gavhar Abdumalik qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1889.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Musurmanova Aynisa Musurmanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01.
Rasmiy opponentlar: Gauxar Erkinovna Djanpeisova, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; pedagogika fanlari doktori, Xurvaliyeva Tarmiza Latipovna (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabga tayyorlov guruhi bolalarida ijtimoiy intellektni rivojlantirishning nazariy-metodologik jihatlari hissiy, mantiqiy, nutqiy yetilish kabi shaxsning aqliy kamolotini tashkil etuvchi komponentlarni ijtimoiy munosabat va vaziyatlar uyg‘unligiga asoslangan psixologik tuzilmaga “bilimdan-tajribaga” munosabatida kiritish asosida aniqlashtirilgan;
bolalarda ijtimoiy intellektni stimullashtiruvchi jarayonning metodik jihatlari ma’lumotlarni qabul qilishning vizual, audial, kinestetik usullarini aqliy mulohaza va muloqotchanlik o‘rtasidagi ahamiyatli bog‘lanishga impulsiv dinamika ta’sirida ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
tayyorlov guruhi bolalarida ijtimoiy intellektni rivojlantirishning pedagogik modeli “tushunish-tahlil-tatbiq” tamoyilini tasviriy faoliyat, nutq madaniyati, elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘ulotlari mazmuniga hamkorlik pedagogikasi elementlari asosida singdirish orqali takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirish me’zonlari o‘z kuchiga ishonish, shaxsiy pozisiya kabi ijtimoiy statusga oid kompetensiyalarni intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinli texnologiyalarni maktab ta’limiga uzviylashtirish aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalarini ijtimoiy intellektual rivojlantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida maktabga tayyorlov guruhi bolalarida ijtimoiy intellektni rivojlantirishning nazariy-metodologik jihatlari xissiy, mantiqiy, nutqiy, shakllanish kabi shaxsning aqliy kamolotini tashkil etuvchi komponentlarni ijtimoiy munosabat va vaziyatlar uyg‘unligiga asoslangan pedagogik-psixologik tuzilma “bilimdan-tajriba”ga asoslangan munosabatlarga kiritish orqali takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
maktabga tayyorlov guruhi bolalarda ijtimoiy intellektni rivojlantirishning nazariy-metodologik jihatlari hissiy, mantiqiy, nutqiy yetilish kabi shaxsning aqliy kamolotini tashkil etuvchi komponentlarni ijtimoiy munosabat va vaziyatlar uyg‘unligiga asoslangan psixologik tuzilmaga “bilimdan-tajriba”ga munosabatida kiritish hamda oiladagi ota-onalar roli orqali bolalarda rivojlantirish me’zonlari o‘z kuchiga ishonish, shaxsiy pozisiya kabi ijtimoiy statusga oid kopetensiyalarni intensiv rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinli texnologiyalarni maktab ta’limiga uzviylashtirish aniqlashtirilganga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada oilada ota-onalar roli orqali bolalarda “Men” konsepsiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bolalarda ijtimoiy intellektni stimullashtiruvchi jarayonning metodik jihatlari ma’lumotlarni qabul qilishning vizual, audial, kinestetik usullarini aqliy mulohaza va muloqotchanlik o‘rtasidagi ahamiyatli bog‘lanishga impulsiv dinamika ta’sirida ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabga tayyorlov guruhi bolalarining ijtimoiy intellektini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi bolalarida ijtimoiy intellektni rivojlantirishning pedagogik modeli “tushunish-tahlil-tatbiq” tamoyilini tasviriy faoliyat, nutq madaniyati, elementar matematik tasavurlarni shaklantirish mashg‘ulotlari mazmuniga hamkorlik pedagogikasi elementlari asosida singdirishga oid tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida foydanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 03-03/2-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabga ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlar integrasiyasi samaradorligi oshgan.