Sayt test rejimida ishlamoqda

Tagayev Baxodir Kuchkarbekovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtaga ishlov berish jarayonidagi havoni mayda changdan tozalash uchun elektrfiltrni takomillashtirish», 05.05.07 – Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi (texnika fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1860
Ilmiy rahbar: Muzaffarov Shavkat Mansurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Isaqov Abdusaid Jalilovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiyev Usan Turdievich texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta xom ashyosiga birlamchi ishlov berish texnologik jarayonlaridagi changli havoni mayda changdan tozolash uchun strimer shakldagi toj razryadda ishlaydigan elektr filtrni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtaga ishlov berish jarayonidagi havoni mayda changdan tozalash uchun razryad oralig‘i 0,15 m bo‘lgan takomillashtirilgan elektrfiltr ishlab chiqilgan; 
elektrfiltrda yuqori bir qutbli kuchlanish impulslarining chuqurligi, amplitudasi va chastotasini keng oraliqda rostlash uchun ikki tomonlama ta’minot manbasi ishlab chiqilgan;
elektrfiltrni yuqori kuchlanishli impulslar bilan ta’minlash uchun ipulslar orasidagi pauzada o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun model ishlab chiqilgan va uning asosida kuchlanishning o‘zgarish diapazoni asoslangan;
razryad kuchlanishi, ignalar uzunligi, ignalar va ignalar qatori orasidagi masofani inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib regressiya tengnlamalari olingan va ularni yechish orqali havoni changlardan tozalash darajasining maqbul parametri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonida elektrfiltrlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonidagi havoni tozalash uchun elektrfiltr qurilmasi “AVS Oqqo‘rg‘on Agro Klasster” MChJ ga qarashli “Oqqo‘rg‘on paxta sanoat” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 23 iyuldagi 11/02-27-6046-son ma’lumotnomasi);
elektrfiltr tizimini boshqarishning parametrik struktura sxemasi “AVS Oqqo‘rg‘on Agro Klasster” MChJ ga qarashli “Oqqo‘rg‘on paxta sanoat” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 23 iyuldagi 11/02-27-6046-son ma’lumotnomasi);
paxtani dastlabki qayta ishlash texnologik jarayonidagi havoni tozalash uchun elektrfiltr tizimi ish rejimi “AVS Oqqo‘rg‘on Agro Klasster” MChJ ga qarashli “Oqqo‘rg‘on paxta sanoat” MChJ da joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 23 iyuldagi 11/02-27-6046- son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 67087083 so‘m iqtisodiy samaraga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish