Dadajanov Arafat Komiljanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasini samaradorligini oshirish maqsadida, uning konstruksiyasini takomillashtirish” mavzusidagi 05.06.02-“To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2520
Ilmiy rahbar: Hojiev Abdurahim Abdurahmonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsakov Olimjon Sharibjanovich texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasini zarbiy ta’sirsiz tebranma usulda ishlovchi mexanizmlar yordamida takomillashtirib, tolani va chigitni boshlang‘ich xususiyatlarini saqlab qolishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladigan, murakkab garmonik usulda ishlovchi, zarbiy ta’sirsiz mayda aralashmalardan tozalovchi qurilmani yangi konstruktsiyasi muhandislik grafikasi qoidalarini qo‘llab ishlab chiqilgan;
o‘zaro perpendikulyar tebranishlar yig‘indisidan tashkil topgan garmonik tebranishlar paxta tozalash samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, aylana, yarim aylanali, yarim ellipssimon ko‘rinishidagi garmonik tebranishlarda samaradorlik sezilarli darajada yuqori bo‘lishi murakkab garmonik tebranishlarni qo‘llash orqali  isbotlangan;
aylana, yarim aylanali va yarim ellipssimon ko‘rinishidagi garmonik tebranishlarning matematik modellari ishlab chiqilgan va qurilmaning tolani yuqori sifatini ta’minlovchi qiymatlari regression matematik modeli Fisher kriteriyasining formulasi asosida aniqlangan;
murakkab garmonik usulda tebranuvchi paxtani mayda aralashmalardan tozalovchi qurilmaning ishchi organlarining ratsional parametrlari regression matematik modeldan foydalanib ishlab chiqilgan hamda Student me’zoni formulasi asosida ahamiyatliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash qurilmasini samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi tebranma harakatlanadigan bir barabanli qurilma Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Namangan paxtateks” MChJ klasterida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 30 dekabrdagi № 02/22-938 raqamli ma’lumotnomasi), (“Namangan paxta teks” MChJ klasteri “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasining  2022 yil 28 fevraldagi “Qurilmani tajriba-sinov natijalari bo‘yicha dalolatnomasi”). Natijada qurilmani qo‘llashda samaradorlik 15% ga ortadi, tola va chigitda nuqsonlar paydo bo‘lishini 50% gacha kamayadi, kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 235 737 274 (ikki yuz o‘ttiz besh million etti yuz o‘ttiz etti ming ikki yuz etmish to‘rt) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish