Xolbaev Doniyor Juraboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta pnevmotransporti ventilyator parametrlarini boshqarishning mexatronik tizimini yaratish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2292
Ilmiy rahbar: Mamaxonov Azam Abdumajitovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnalogiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar Djuraevich  texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Anvar Muxamatxonovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmotransport ish rejimini boshqaruvchi mexatronik tizim ishlab chiqish orqali paxta mahsulotlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va elektr energiya sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta pnevmotransportida oqim parametrlarining ventilyator nominal ko‘rsatkichlari ya’ni pnevmotranspot tizimidagi statik va dinamik bosimning ventilyator nominal bosimi va havo sarfi hamda quvur uzunligi o‘zgarishiga qarab chiziqli qonuniyat asosida o‘zgarib borishi aniqlangan;
quvur boshida hosil qilinadigan havo oqimi statik bosimi va tezligining ventilyator elektr yuritkichidagi tok chastotasiga bog‘liq holda invertor qurilmasidan chiqayotgan tok chastotasining kerakli havo bosimi va tezligini hosil qilish uchun o‘zgarish qonuniyatlari tahlili asosida zarur bo‘lgan  qiymatlari aniqlangan;
paxtani tashish masofasiga qarab, quvur boshida havo oqimi parametrlarining drossel holati va invertor qurilmasi beradigan tok chastotasiga bog‘liq holda o‘zgarishi pnevmotransport uskunasining ratsional ish rejimini tanlash orqali aniqlangan;
paxta tozalash korxonalarida paxta pnevmotransport ventilyatori parametrlariga berilayotgan tok chastotasi o‘zgarishini ratsional boshqarish uchu Scada mexatronik tizimi va uning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani tashuvchi pnevmotransport uskunasining oqim parametrlarini boshqarish qurilmasi yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oqimni bir me’yorda o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mexatronik tizim va uning dasturiy ta’minoti “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi” tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “ART SOFT TEX CLUSTER” MChJga qarashli “Pop paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi”ning 2022 yil 23 dekabrdagi №02-22/903-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta pnevmotransporti faoliyat radiusini 50-60 m ga oshirishga hamda paxta pnevmotransporti energiya sarfining 18 % ga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish