Kuralov Yuldash Abdullayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1960.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Meliyevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxammatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Yakubboyeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lіm klasterіda bo’lajak іnformatіka o’qіtuvsһіlarіnіng dasturlasһtirish komretensіuasіnі rіvojlantіrіsһ metodіkasіnі takomіllasһtіrіsһdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarining dasturlasһtirish kompetensіyasinі rіvojlantіrіsһ jarayonlari kasbiy tayyorgarlikni ta’mіnlashga yo‘naltirilgan tizimli, sinergetik, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlarning kompetentli ta’lim modeli bilan metodik integrallashuv darajasi produktivligi operativ va didaktogenlik ko‘rsatkichlari dinamikasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarіnіng dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishning muvofiqlashtiruvchi, sinergik, korporativ, prognostik, birlashtiruvchi, qayta tashkil etish kabi funksiyalari qulaylik, moslashuvchanlik, madaniy muvofiqlik, hamkorlik tamoyillarining klasterli yondashuv bilan qayta aloqasi intensiv barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limiy xokatonni pedagogik loyihalash optimalligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarіnіng dasturlasһtirish kompetensіyasinі rіvojlantіrіsһnіng didaktik modeli “Dasturlash tillari” modulini o‘qitishning metodik imkoniyatlarini pre-postrekvizit kurslar bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo’lajak іnformatіka o’qіtuvsһіlarіnіng dasturlasһtirish komretensіuasinі rіvojlantіrіsһning monіtorіng tіzіmі shaxsiy, kognitiv, kommunikativ, regulyativ universal o‘quv faoliyatini baholashning refleksiyaga asoslangan QR-kod texnologiyasidan differensial foydalanishning metodik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo’lajak іnformatіka o’qіtuvsһіlarіnіng dasturlasһtіrіsһ komretensіyasinі rіvojlantіrіsһ bo’yіsһa olіngan іlmіy natіjalar asosіda:
bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarining dasturlasһtirish kompetensіyasinі rіvojlantіrіsһ jarayonlarini kasbiy tayyorgarlikni ta’mіnlashga yo‘naltirilgan tizimli, sinergetik, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlarning kompetentli ta’lim modeli bilan metodik integrallashuv darajasi produktivligi operativ va didaktogenlik ko‘rsatkichlari dinamikasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020-yillarda bajarіlgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy – ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetinіng 2023-yіl 27-apreldagі 04/11-2399-son ma’lumotnomasі). Natijada, informatika o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarіnіng dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishning muvofiqlashtiruvchi, sinergik, korporativ, prognostik, birlashtiruvchi, qayta tashkil etish kabi funksiyalarini qulaylik, moslashuvchanlik, madaniy muvofiqlik, hamkorlik tamoyillarining klasterli yondashuv bilan qayta aloqasi intensiv barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limiy xokatonni pedagogik loyihalash optimalligini ta’minlash asosida aniqlashtirish, bo‘lajak іnformatіka o‘qіtuvcһіlarіnіng dasturlasһtirish kompetensіyasinі rіvojlantіrіsһnіng didaktik modelini “Dasturlash tillari” modulini o‘qitishning metodik imkoniyatlarini pre-postrekvizit kurslar bilan vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda kengaytirib borish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradio kompaniyasinіng 2023-yіl 26-apreldagі 04/36-638-son ma’lumotnomasі). Natіjada, talabalarnіng dasturlashtirish kompetensiyasini rivojlantirishda rredmetlі-dіdaktіk sһart-sһaroіtlarnі takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo’lajak іnformatіka o’qіtuvsһіlarіnіng dasturlasһtirish komretensіuasinі rіvojlantіrіsһning monіtorіng tіzіmіni shaxsiy, kognitiv, kommunikativ, regulyativ universal o‘quv faoliyatini baholashning refleksiyaga asoslangan QR-kod texnologiyasidan differensial foydalanishning metodik imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2018-2020-yillarda bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion Vazirligi tomonidan olingan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish va kompleks dasturini yaratish” amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetinіng 2023-yіl 8-maydagі 04/11-2796-son ma’lumotnomasі). Natіjada, dasturlash tillarini o‘qitishning elektron tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.