Fayzulloev Mirsaid Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq nazoratini amalga oshirishda soliq tekshiruvlarining zamonaviy usullaridan foydalanish istiqbollari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2786
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Fayziev Farrux Abdullaxojaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston soliq tizimida soliq nazoratining samaradorligini ta’minlashda soliq tekshiruvlarining zamonaviy usullaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq tizimida soliq tekshiruvlarini qo‘llash samaradorligini ta’minlashda soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha soliq xizmati va sud organlari bilan moliyaviy jarimalar, soliq qarzdorliklarini undirish hamda boshqa turdagi javobgarlik choralari ijrosini ta’minlashga oid o‘zaro munosabatlarni tartibga solish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizini respublika byudjetidan qaytarish mexanizmini joriy qilish taklifi asoslangan;
Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” tizimi orqali qurilishga ruxsat olgan quruvchi tashkilotlarning “Qurilish xarajatlar smetasi” ma’lumotlari hamda Davlat xaridlari markaziy axborot portali orqali tovarlarni realizatsiya qilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda DSQga integratsiya qilish orqali kameral soliq tekshiruvlari samaradorligini ta’minlash taklifi asoslangan;
kameral soliq tekshiruvi jarayonidan oldin “Avtokameral” dastur orqali tahlilni qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha taklif etilayotgan mezonlar asosida amalga oshirish hamda “Tashqi manba” tizimida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish, “Soliq hamkor” axborot tizimining my.soliq.uz dagi interaktiv xizmatidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, soliq tekshiruvlarining zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq tizimida soliq tekshiruvlarini qo‘llash samaradorligini ta’minlashda soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha soliq xizmati va sud organlari bilan moliyaviy jarimalar, soliq qarzdorliklarini undirish hamda boshqa turdagi javobgarlik choralari ijrosini ta’minlashga oid o‘zaro munosabatlarni tartibga solish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqishda Davlat soliq qo‘mitasining taklif loyihalarida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 24-martdagi 15-34772-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida soliq xizmat organlari va sud organlari bilan moliyaviy jarimalar va soliq qarzdorliklarini undirish hamda boshqa turdagi javobgarlik choralari ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarini tartibga solish va ularni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizini respublika byudjetidan qaytarish mexanizmini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktyabrdagi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-5252-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022-yil 18-noyabrdagi 15-151046-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda zamonaviy usullarni qo‘llash orqali yuqori samaradorlikka erishish imkonini yaratgan;
Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” tizimi orqali qurilishga ruxsat olgan quruvchi tashkilotlarning “Qurilish xarajatlar smetasi” ma’lumotlari hamda Davlat xaridlari markaziy axborot portali orqali tovarlarni realizatsiya qilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni onlayn rejimda DSQga integratsiya qilish orqali kameral soliq tekshiruvlari samaradorligini ta’minlash taklifi Davlat soliq qo‘mitasining ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 24-martdagi 15-34772-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida soliq tizimida soliq tekshiruvlarini raqamlashtirishga imkon berib, uning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
kameral soliq tekshiruvi jarayonidan oldin “Avtokameral” dastur orqali tahlilni qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha taklif etilayotgan mezonlar asosida amalga oshirish hamda “Tashqi manba” tizimida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish, “Soliq hamkor” axborot tizimining my.soliq.uz dagi interaktiv xizmatidan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish taklifi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan interaktiv xizmatlar va dasturiy mahsullarni ishlab chiqish va ularni yanada takomillashtirishda amaliy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 24-martdagi 15-34772-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida “Soliq hamkor” axborot tizimining va “Avtokameral” dastur orqali kameral soliq tekshiruvlaridan oldingi tahlilni o‘tkazish bo‘yicha ishlash samaradorligining oshishiga olib kelib, soliq tekshiruvlarini raqamlashtirish imkoni yaratilgan.