Hamroev Eldor Otamurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining huquqiy maqomini takomillashtirish masalalari», 12.00.02. – Konctitusiyaviy huquq. Ma’mupiy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu373.
Ilmiy rahbar: Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yupidik fanlap doktopi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Muxammadjonov Omonulla Zikirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Ro‘zmetov Xayrulla Ibadullaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining huquqiy maqomini belgilab beruvchi qonunchilik hujjatlarini, ilmiy-nazariy qarashlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish tartibi boshqa shaharlar chegaralarini o‘zgartirish kabi emas, balki viloyatlar chegaralarini o‘zgartirish tartibi bilan bir xil bo‘lishi kerakligi asoslab berilgan;
Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy jihatdan tumanlardan iborat bo‘lishini, Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarni tuzish hamda tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish tartibini qonunda alohida ko‘rsatish zarurligi asoslantirilgan;
Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarda ham xalq deputatlari tuman Kengashlarini tashkil etish zarurligi, poytaxt tarkibidagi tumanlar hokimlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish haqidagi masala xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan emas, balki xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozimligi asoslantirilgan;
Toshkent shahrida er uchastkalarini ajratishning alohida tartibi bo‘yicha eksperimentni to‘liq yakunlash, Toshkent shahrida respublika davlat hokimiyati organlarini joylashtirish uchun er uchastkalari faqat Toshkent shahar hokimining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi lozimligi asoslantirilgan;
xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari uchun, shuningdek ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun er uchastkalari, bino va xonalar Toshkent shahri hududidan ajratilishini qonunchilikda aniq belgilab qo‘yish zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi poytaxtining huquqiy maqomini takomillashtirishga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar acocida:
Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish boshqa shaharlar chegaralarini o‘zgartirish kabi emas, balki viloyatlar chegaralarini o‘zgartirish tartibi bilan bir xil bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 28 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ–635-son Qonunining 23-moddasida o‘z ifodasini topgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasining 2020 yil 5 noyabrdagi 04/4-05-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahrining alohida huquqiy maqomini belgilashga, uning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy jihatdan tumanlardan iborat bo‘lishini, Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarni tuzish hamda tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish tartibini qonunda aniq belgilab qo‘yish zarurligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil
28 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘RQ–635-son Qonunining 5, 18 va 25-moddalarida o‘z ifodasini topgan (“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining 2020 yil 11 avgustdagi
04-03-71220-son hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasining
2020 yil 5 noyabrdagi 04/4-05-70-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shahrining alohida huquqiy maqomini belgilashga, uning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga, xususan, Toshkent shahri va turli davrlarda tarkibida tumanlar tashkil etilgan boshqa shaharlar huquqiy maqomini o‘zaro farqlashga xizmat qilgan;
Toshkent shahri tarkibidagi tumanlarda ham xalq deputatlari tuman Kengashlarini tashkil etish, Toshkent shahri tarkibidagi tumanlar hokimlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish haqidagi masala xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan emas, balki xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi O‘RQ–439-son “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunining tegishlicha 1-moddasi 1-bandi va 2-moddasi 1-bandiga, shuningdek 1-moddasi 2-bandiga kiritilgan (Adliya vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 3/30-558-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘zgartirishlarning amaliyotga joriy qilinganligi qonunchilikda Toshkent shahri va uning tarkibidagi tumanlarning huquqiy maqomini aniqlashga, ularning faoliyatini tashkil etishdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga, xususan, ushbu tumanlarda ham tuman byudjetlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Toshkent shahrida er uchastkalarini ajratishning alohida tartibi bo‘yicha eksperimentni to‘liq yakunlash lozimligi, Toshkent shahrida respublika davlat hokimiyati organlarini joylashtirish uchun er uchastkalari faqat Toshkent shahar hokimining qarori bilan doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
8 iyundagi PF–6243-son “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining tegishlicha 5-bandi va 2-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 14 iyundagi 10-2-1973-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi Toshkent shahrida erga oid huquqiy munosabatlarni takomillashtirish, xususan, poytaxtda er resurslarining qisqarib ketishini sekinlashtirish, Toshkent shahri tomonidan poytaxt funksiyalari to‘laqonli bajarilishini ta’minlash imkonini bergan;
xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari uchun, shuningdek ularning rahbarlari va chet ellik xodimlari yashashi uchun er uchastkalari, bino va xonalar Toshkent shahri hududidan ajratilishini qonunchilikda aniq belgilab qo‘yish haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 2 iyuldagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga binolar (binolar qismi), xonalar va er uchastkalarini taqdim etish (sotish) tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil
14 iyundagi 10-2-1973-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi Toshkent shahrining eng muhim poytaxt funksiyalaridan biri qonunchilikda aks etishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish