Saydullaev Shaxzod Sherzodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2780
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Sattorov Odiljon Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida kompaniyalar tomonidan o‘tkaziladigan IPOlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini xorijiy va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirishda kross-listing mexanizmidan foydalanish orqali kompaniyalar nufuzi va kapitalizatsiya hajmini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash taklifi asoslangan;
IPO natijalarini maksimallashtirish hamda anderrayter majburiyatlari va risklarini taqsimlash maqsadida anderrayterlar sindikatini joriy qilish taklif etilgan;
milliy kompaniyalar aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishda IPO dan olingan jami daromad, muvaffaqiyatli IPO soni, anderrayterning kompaniya sifatidagi aktivlari hajmi, IPO anderrayteri sifatidagi faoliyat tarixi hamda anderrayter jamoasining professionalligi ko‘rsatkichlari orqali baholash uslubiyoti asosida anderrayterlar nufuzi reytingini shakllantirish taklif etilgan;
kompaniya aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishning muvaffaqiyatlilik darajasini baholashning indikatorlari va ularning chegaraviy qiymatlarini aniqlashga asoslangan uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
milliy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini xorijiy va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirishda kross-listing mexanizmidan foydalanish orqali kompaniyalar nufuzi va kapitalizatsiya hajmini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 27-maqsadi 114-bandida yirik davlat korxonalarini fond birjasi orqali xususiylashtirishda korxonalar aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirishni nazarda tutish bandi sifatida, shuningdek, “Uzauto Motors” aksiyadorlik jamiyati amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 2 martdagi 05-10/456-sonli hamda «O’zAvtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 27 dekabrdagi 19/04-24-2178-sonli ma’lumotnomalari). Natijada IPOga chiqayotgan “Uzauto Motors” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini “Toshkent” respublika fond birjasida va London fond birjalarida kross-listing asosida joylashtirilishi, kross-listing mexanizmini qo‘llash asosida “Uzauto Motors” AJ mahalliy fond bozorida 17,5 mln. AQSh dollari, xorijiy fond bozorida esa 220 mln. AQSh dollari miqdorida kapital jalb qilishi rejalashtirilgan;
IPO natijalarini maksimallashtirish hamda anderrayter majburiyatlari va risklarini taqsimlash maqsadida anderrayterlar sindikatini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 27-maqsadi 114-bandida emitent va anderrayterlar munosabatlarini tartibga solish bandida hamda “Freedom Finance” kompaniyasi amaliyotida, “Uzauto Motors” AJ ning IPO si doirasida “Freedom Finance” va “Kapital Depozit” investisiya vositachilari o‘rtasida andrerrayter sindikatini tuzish to‘g‘risida mandat kelishuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 2 martdagi 05-10/456-sonli hamda “Freedom Finance” kompaniyasining 2023 yil 2 martdagi 83-sonli ma’lumotnomalari). Natijada “Uzauto Motors” AJ ning IPO si odatdagidek bitta anderrayter tomonidan emas, balki anderrayterlar sindikati tomonidan o‘tkazilishi belgilanib, mazkur sindikatni tashkil etish orqali “Freedom Finance” kompaniyasi anderrayter majburiyatlari va risklarining 20 foizini “Kapital Depozit” kompaniyasiga o‘tkazishga erishilgan;
milliy kompaniyalar aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishda IPO dan olingan jami daromad, muvaffaqiyatli IPO soni, anderrayterning kompaniya sifatidagi aktivlari hajmi, IPO anderrayteri sifatidagi faoliyat tarixi hamda anderrayter jamoasining professionalligi ko‘rsatkichlari orqali baholash uslubiyoti asosida anderrayterlar nufuzi reytingini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 18 yanvardagi “Korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-814-son Qonunida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 2 martdagi 05-10/456-sonli ma’lumotnomasi). Natijada taklif etilgan uslubiyot asosida IPO lari o‘tkazilishi belgilangan milliy kompaniyalarning aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish tashkilotchisi eng yaxshi tanlov asosida tanlab olinishi bilan birga uslubiyotda taklif etilayotgan baholash uslubiyot orqali anderrayterning nufuziga qarab tanlab olish amaliyoti joriy etilgan;
kompaniya aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirishning muvaffaqiyatlilik darajasini baholashning indikatorlari va ularning chegaraviy qiymatlarini aniqlashga asoslangan uslubiyotidan foydalanish taklifi IPO ga chiqqan va chiqishi rejalashtirilgan barcha aksiyadorlik jamiyatlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023 yil 2 martdagi 05-10/456-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Kvars”, “Jizzax plastmassa” va “Uzauto Motors” AJlari tomonidan o‘tkazilgan IPOlar muvaffaqiyatsiz deb baholanib, mazkur uslubiyotdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 avgustdagi 446-son “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 2022-2023 yillarda davlat tasarrufidagi yirik korxonalar aksiyalarini fond birjasida birlamchi va ikkilamchi ommaviy joylashtirish orqali xususiylashtirish ishlab chiqilishi nazarda tutilgan Yo‘l haritasida IPO lar natijasini sarhisob qilish bandida foydalanilgan.