Muxitdinova Munavvarxon Xayot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ma’lumotlar oqimlarini statistik tahlil qilishda sun’iy intellekt samaradorligi”
08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1749
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abbas Tairovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abdug‘afarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent Moliya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oqimli ma’lumotlarni statistik tahlil qilish samaradorligini oshirishda Big Data texnologiyasi va sun’iy intellektdan foydalanish tamoyillarini o‘rganish va mexanizmini ishlab chiqishdan iborat.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Andijon viloyati Asaka shahri aholisining migratsiya oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida regressiya modeli ishlab chiqilgan, Asaka shahridagi mehnat muhojirlari oqimini tez va qulay monitoring qilish uchun ma’lumotlar oqimlarini bazasi yaratilgan hamda 2025 va 2035 yillarga mo‘ljallangan prognoz hisob-kitoblari amalga oshirilgan;
oqimli ma’lumotlar (Data Stream) bilan ishlash mexanizmi asosida statistik vazifalar yechimi uchun sun’iy intellektdan foydalangan holda AI STAT MODEL dasturiy mahsuloti ishlab chiqilgan va 2030 yilgacha ma’lum bir yo‘nalishlarda bashoratli tahlil o‘tkazilgan;
ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot samaradorligini tahlili IBM tomonidan taklif qilingan analitik va bashoratli yondashuv yordamida amalga oshirilgan va SWOT tahlili natijasida dasturiy mahsulotning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlar va potensial tahdidlar aniqlangan;
malaka oshirish kurslari uchun sun’iy intellekt sohasida o‘quv dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining quyidagi ilmiy va amaliy natijalari joriy qilingan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga va Andijon viloyati statistika boshqarmasiga ichki mehnat muhojirlarini tezkor va qulay monitoring qilish uchun oqimli ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha taklif qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 29-maydagi 01/1-16-10/2-31-sonli ma’lumotnomasi va Andijon viloyati statistika boshqarmasining 2023 yil 3-maydagi 01/1-01-06/1-370-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natidasija ichki mehnat migratsiyasi jarayonlarini hududlar miqiyosida monitoring va tahlil qilish samaradorligi 23% ga oshdi.
Oqimli ma’lumotlar bilan ishlash mexanizmi asosida statistik muammolarni hal qilish uchun sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan AI STAT MODEL dasturiy mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga va Andijon viloyati statistika boshqarmasiga joriy etish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 29-maydagi 01/1-16-10/2-31-sonli ma’lumotnomasi va Andijon viloyati statistika boshqarmasining 2023 yil 3-maydagi 01/1-01-06/1-370-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shu kunga qadar turli manbalar va shakllarda saqlanayotgan statistik ma’lumotlar oqimlari bilan ishlash mexanizmi asosida yagona formatga keltirish va raqamli shaklda yagona ma’lumotlar bazasiga to‘plash imkoniyati yaratildi.
AI STAT MODEL dasturning samaradorligini baholash uchun SWOT tahlili va bozordagi boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar bilan taqqoslashlar o‘tkazildi va ular Andijon viloyati statistika boshqarmasiga qabul qilindi (Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan berilgan 2023 yil 3-maydagi 01/1-01-06/1-370-sonli ma’lumotnomasi). Demografik statistik ma’lumotlarni shakllantirishda taklif etilgan ma’lumotlar oqimlari bilan ishlash mexanizmi asosida statistik ma’lumotlarni qayta ishlash unumdorligi 18% ga oshishiga erishildi.
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” va “Raqamli iqtisodiyotda Big Data va sun’iy intellekt taxlili” malaka oshirish kurslari uchun statistik tahlil samaradorligini oshirishda Big Data texnologiyasi va sun’iy intellektdan foydalanishni joriy etish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutiga joriy qilindi (Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 5-maydagi 01/1-01-15/2-95-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida Malaka oshirish va statistik tadqiqotlar institutining o‘quv kurslari sifatini oshirish imkoniyatlari kengaydi.