Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari moliyaviy ta’minotini mustahkamlash masalalari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt243
Ilmiy rahbar: Malikov Toxir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumayev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamroyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat oliy ta’lim muassasalari moliyaviy ta’minotini mustahkamlashga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lari to‘lig‘icha o‘z ixtiyorida qoldirilishi taklif etilgan;
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida o‘qiyotgan talabalar o‘rtacha yillik sonining joriy yil uchun yillik rejalashtirilgan o‘rtacha talabalar soniga nisbatan o‘zgarishi 3 foizdan yuqori bo‘lgan taqdirda, bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan byudjet mablag‘lari miqdoriga tegishli o‘zgartirish kiritilishi taklif etilgan;
davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish taklif etilgan;
o‘zlashtirilmagan fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov miqdorini davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining belgilangan kontrakt summasini rejalashtirilgan kreditlar soniga nisbatidan kelib chiqqan holda belgilash asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari moliyaviy ta’minotini mustahkamlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan mablag‘lari to‘lig‘icha o‘z ixtiyorida qoldirilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-61-son qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/12-32/12799-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va ushbu mablag‘lar hisobiga o‘quv jarayonini zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, moddiy texnik ba’zani mustahkamlashda qo‘shimcha imkoniyat yaratilgan;
moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida o‘qiyotgan talabalar o‘rtacha yillik sonining joriy yil uchun yillik rejalashtirilgan o‘rtacha talabalar soniga nisbatan o‘zgarishi 3 foizdan yuqori bo‘lgan taqdirda, bazaviy normativlarga muvofiq hisoblangan byudjet mablag‘lari miqdoriga tegishli o‘zgartirish kiritilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi 419-son «Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan moliyalashtirish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida» qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/12-32/12799-son ma’lumotnomasi). Natijada moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)da davlat granti asosida tahsil olayotgan har bir talaba uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmini aniqlashga va maqsadli ajratilishiga hamda hisoblanishiga erishilgan;
davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 avgustdagi 517-son «Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/12-32/12799-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yetarli darajada moliyaviy ta’minot manbasi yaratilgan;
o‘zlashtirilmagan fanlar bo‘yicha qayta ta’lim olish uchun to‘lov miqdorini davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan butun o‘quv yilining belgilangan kontrakt summasini rejalashtirilgan kreditlar soniga nisbatidan kelib chiqqan holda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 30 dekabrdagi 05/12-32/12799-son ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizimi joriy etilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘zlashtirmagan talabani qayta ta’lim olishi uchun to‘lov qiymati miqdorini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish