Norova Xurshida Yunusovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Karyerlarning chuqur gorizontlarida yuk oqimini boshqarish usulini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, yer osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1081.
Ilmiy rahbar: Naimova Rano Shukurovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universtiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkadyevich, texnika fanlari doktori, professor; Tolipov Nematulla Umatullayevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab tuzilmali konlarni qazib olishda karyerlarni chuqur gorizontlarida yuk oqimlarini boshqarish usullarini ishlab chiqish orqali kon ishlarini tashkillashtirish tizimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuqur karyerlarni tor sharoitlarida yuk oqimlarining parametrlarini o’zgarishi ustida taxlillar olib borish imkonini beruvchi giperbolik va parabolik xarakterga ega bo’lgan, matematik modellashtirish usuliga asoslangan va matematik ifodadan hosil qilingan ochish va qazish ishlarini optimallashtirishning iqtisodiy-matematik modeli ishlab chiqilgan;
ruda bo’yicha karyerni ish unumdorligini ta’minlovchi ishchi maydon kenligi va kon ishlari frontining uzunligini pastki gorizontlarda o’zgarishiga bog‘liqligi aniqlangan; 
chuqur karyerlarni quyi uchastkalarida qoplovchi jinslar koeffisiyenti va ishchi maydonning minimal kengligini aniqlash imkonini beruvchi nomogramma asosida karyerni ishchi zonasini parametrlari aniqlanganda yuk oqimining samaradorligi aniqlangan; 
turli hildagi karyer yuklarni yunalishlari o’zgartirilganligi va tehnologik zonalarda ochish va qazish ishlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimida o’z ichiga olganda chuqur karyerlarni yuk oqimlarini boshqarish usulli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Karyerni chuqur gorizontlarida yuk oqimlarini boshqarishni ishlab chiqilgan usullari buyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
avtomobil va temir yo’l transportlarini qo’llash bilan ish frontining uzunligi va ishchi maydonining minimal kengliklarini hisoblangan parametrlari «Olmaliq kon- metallurgiya kombinati» AJ ning Kolmaqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon- metallurgiya kombinati» AJ ning 2021 yil 23 dekabrdagi XA-010422-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kolmaqir chuqur karyeri sharoitida avtomobil va temir yo’l transporti qo’llanilishida ishchi maydonning minimal kengligi Vr.p= 20-100m, ish frontini uzunligi Lf = 200-800 metrni tashkil qilish imkonini bergan;
chuqur karyerlarni quyi gorizontlarida qazib olish ishlarini tashkillashtirishning ishlab chiqilgan tizimlari «Olmaliq kon- metallurgiya kombinati» AJ ning Kolmaqir konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon- metallurgiya kombinati» AJ ning 2021 yil 23 dekabrdagi XA-010422-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoplovchi jinslar va rudalarni energetik samarali tashishini rejalashtirish imkonini bergan, foydali qazilma yuk oqimlarini boshqarishda samaradorlikni oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish