Maxmudova Dildora Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy glyutensiz xomashyolardan non mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3258.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurova Diloram Abbasovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshoqli donlarning glyutenini hazm qila olmaydigan insonlarning profilaktik va davolovchi-parhezbop ovqatlanishi uchun mahalliy glyutensiz xomashyolardan non ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oq jo‘xori uni va bug‘doy murtagi, moyli zig‘ir urug‘larining kimyoviy tarkibi va energiya qiymati aniqlanib, uglevodlar miqdori I-navli bug‘doy unidagiga nisbatan 8,1 % ko‘proq ekanligi isbotlangan;
oq jo‘xori uni va bug‘doy murtagi, moyli zig‘ir urug‘lari bilan birga javdar va bug‘doyning kepakli uni glyutensiz va glyuteni kam non mahsulotlarini muhim oziq moddalar bilan boyitishi isbotlangan;
o‘z-o‘zidan bijg‘igan guruchli achitqi, faollashtirilgan xamirturush asosida glyutensiz non tayorlanib, bug‘doy murtagi va moyli zig‘ir urug‘lari mahsulotning kimyoviy tarkibini boyitishi aniqlangan;
presslangan xamirturushini faollashtirish uchun substrat - ozuqaviy aralashma sifatida qo‘ng‘ir-qizil rangli mayda (sechka) guruch uni, achitqining birinchi oziqlantirilishidan patogen mikrofloraning faol bijg‘ishi aniqlangan;
no‘xat, jo‘xori va guruch unlarining glyutenini hazm qila olmaydigan insonlarning profilaktik va davolovchi-parhezbop ovqatlanishi uchun mahalliy glyutensiz xomashyolardan non ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy o‘simlik xomashyoslari asosida ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan glyutensiz va tarkibida glyuten miqdori kam bo‘lgan non mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oq jo‘xori, guruch va no‘xat unilari kompozit aralashmasi asosida glyutensiz non ishlab chiqarish texnologiyasi «Barkamol non savdo» MChJda amaliyotga joriy etilgan («TOShKENT NON» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining 2023 yil 9 yanvardagi 06-1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, xamirning namligini maqsadli oshirib, oziqaviy moddalar bilan boyitilgan glyutensiz «Obi-Darmon» non ishlab chiqarish imkonini bergan;
oq jo‘xori uni va bug‘doy murtagi asosida noni ishlab chiqarish texnologiyasi «Qadr Don Non Savdo» MChJda amaliyotga joriy etilgan («TOShKENT NON» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining 2023 yil 9 yanvardagi 06-1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonning davomiyligini 0,5 soatga qisqartirish, non ishlab chiqarishni 0,5 % ga oshirish imkonini bergan;
moyli zig‘ir urug‘lari asosida «Mador» javdar-bug‘doy oddiy noni ishlab chiqarish texnologiyasi «AzRuxDilSavdo» MChJda amaliyotga joriy etilgan («TOShKENT NON» non ishlab chiqaruvchilar uyushmasining 2023 yil 9 yanvardagi 06-1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, jaydari bug‘doy uni sarfini 10,0% ga qisqartirish, mahsulot chiqishini 1,0 % ga oshirish imkonini bergan.