Atabaev Kaxramon Albert o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi – II “Mehnat unumdorligini oshirish”, 05.10.01 – Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T1692.
Ilmiy rahbar: Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sulaymanov Sunattulla Sulaymanovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Shamuratova Shaxida Mirsagatovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik korxonalarda xavfsizlik va mehnat muhofazasini boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida mehnat muhofazasi sohasida boshqaruv jarayonlarini qo‘llash metodologiyasini ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat muhofazasi sohasida biznes-jarayonlardan (audit va ausorsing) foydalanishni tizimli o‘rganish asosida ularning kichik korxonalarda mehnat muhofazasi boshqarish tizimining faoliyatini takomillashtirishga ta’siri va ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi iqtisodiy jihatdan ilmiy asoslangan;
obyektlarda empirik kuzatish va statistik tahlil jarayonlari asosida xavf darajasini, uning namoyon bo‘lish potensiali bo‘yicha, aniqlash matrisasi ishlab chiqilgan. Matrisa asosida kichik korxonalarda potensial xavflarni baholash jarayonining samaradorligi yaxshilangan va ilmiy jihatdan asoslangan;
audit davomida nomuvofiqlik va muvofiqlik ko‘rsatkichlarini matematik tahlil qilish va audit natijalarining qiyosiy tahlili asosida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimini tekshirish usuli takomillashtirilgan. Audit algoritmi ishlab chiqilgan;
matematik model asosida mehnat muhofazasini boshqarish tizimi auditining nomuvofiqligi va muvofiqligi va “audit-solishtiruv” ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish jarayonida audit sifatini nazorat qilish tartibi takomillashtirilgan;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar klasteri va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha individual chora-tadbirlar samaradorligini matematik baholash asosida tashqi mehnatni muhofaza qilish boshqaruvini qo‘llash usuli takomillashtirilgan. Mehnatni muhofaza qilish tizimining tashqi boshqaruvini qo‘llash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik korxonalarda mehnatni muhofaza qilish auditi va ausorsing jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
"GIRS GLOBAL" MCHJ qo‘shma korxonasida kichik korxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf ko‘rsatkichlarini maqbul hisoblashning ilmiy va texnik jihatdan tasdiqlangan usuli joriy etilgan (03.25.2022 yildagi №01.02/08-sonli dalolatnoma). Hisoblash natijalarining ma’lumotlari kichik korxona yoki uning bir qismining potensialini xavfli deb aniqlashga xizmat qilgan va uni potensial xavfli korxonalar reyestriga kiritishga imkon bergan;
Toshkent “Vaksinalar va sarumlar” ilmiy - tadqiqot institutiga mehnat xavfsizligi sohasida ish yuritish faoliyatini baholashning matematik tasdiqlangan metodi joriy etilgan (Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining ma’lumotnomasi 2022-yil 21-aprel dagi №04/525-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan metod tashkiliy va texnik ta’siri 80% samara ko‘rsatgan, an’anaviy usul esa - 50 - 60% ga teng;
mehnat muhofaza qilish boshqarish tizimida amalga oshiriladigan chora -tadbirlarni tanlash uchun matematik modellashtirilgan algoritm “Industrial Engineering” MCHJda amalda joriy etilgan (Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasining ma’lumotnomasi 2022-yil 21-aprel dagi №04/525-sonli ma’lumotnomasi). Algoritm har bir kichik korxona uchun ularning xususiyatlariga qarab individual ravishda chora-tadbirlar ro‘yxatini aniqlash va qo‘llash imkonini beradi. Algoritm ishlab chiqilgan dasturga kiritilgan, ushbu dastur o‘rganilayotgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirishga yordam beradi.