Mamadiyorov Norbek Quvandiqovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt264
Ilmiy rahbar: Abduramanov Xamid Xudaybergenovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobonazarova Jamila Xolmuradovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy-tarbiya sog‘lomlashtirish, maslahat va ta’lim, jismoniy tarbiya tashkilotining faoliyat turi va mulkchilik shakli, iste’molchilarga ta’sir etish tavsifi asosida jismoniy tarbiya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning tasnifi takomillashtirilgan;
jismoniy tarbiya xizmatlaridan qoniqish baholash yondashuvi jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ko‘rsatgan xizmatlardan qoniqish darajasini miqdoriy baholash hamda qulayligi va sifat ko‘rsatkichlari nisbiy o‘lchami va xizmatlar sifatini ekspert baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
davlat-xususiy sherikchilik asosida ommaviy jismoniy tarbiya sport ob’ektlarini loyihalashtirish, jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini kengaytirish, jismoniy tarbiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sohani 2021-2025 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jismoniy-tarbiya sog‘lomlashtirish, tibbiy-reabilitatsiya, maslahat va ta’lim, jismoniy tarbiya tashkilotining faoliyat turi va mulkchilik shakli, musobaqa tadbirlarini o‘tkazish shakllari, iste’molchilarga ta’sir etishning takomillashtirilgan tavsifi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli uslubiy ko‘rsatmani tayyorlashda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 02-07-08-1825-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tasnif funksional yo‘nalishni jismoniy tarbiya va sport sohasi xizmatlarining ob’ekt yo‘nalishi bilan birlashtirish imkonini bergan;
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ko‘rsatgan xizmatlardan qoniqish darajasini miqdoriy baholash hamda qulayligi va sifat ko‘rsatkichlari nisbiy o‘lchami va xizmatlar sifatini ekspert baholashga ko‘ra jismoniy tarbiya xizmatlaridan qoniqishni baholashning takomillshtirilgan yondashuvidan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 02-07-08-1825-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi yuqori sifatli va qulay xizmatlar sohasini rivojlantirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
davlat-xususiy sherikchilik asosida ommaviy jismoniy tarbiya sport ob’ektlarini loyihalashtirish, jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini kengaytirish, jismoniy tarbiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Hududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda Samarqand shahar 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyatiga joriy qilingan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 02-07-08-1825-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish jismoniy tarbiya va sport sohasida mahalliy hokimliklarning investorlar bilan hamkorligi yo‘nalishlari maqsadliligi darajasini oshirish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sohani 2021-2025 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5924-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadlari ko‘rsatkichlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 04-08-08/206-sonli dalolatnomasi). Ushbu prognoz parametrlari aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish va sport turlarini rivojlantirish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qilgan