Kaxramonov Xurshidjon Shuxrat o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Povishenie effektivnosti upravleniya jilishhnim fondom v usloviyax sifrovizatsii (Raqamlashtirish sharoitida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish)», 08.00.13 – Menejment
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2046.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish buyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muammoli bank kreditlari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda, joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori asosida ularning boshqarish usulini o‘zgartirish taklifi asoslangan;
Toshkent shahridagi uy-joy fondini boshqaruv idoralarini «Raqamli poytaxt» axborot-tahlil markaziga foydalanuvchi sifatida ulash asosida uy-joy fondini boshqaruvidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda uy-joy-kommunal xizmatlari operativligini ta’minlash orqali ko‘p xonadonli uylarni boshqarish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
binolarning axborot modeli va geoaxborot tizimi yordamida axborot modellashtirish, boshqarishga raqamli texnologiya va platformalarni joriy etish asosida uy-joy fondi boshqaruv kompaniyalari xarajatlarini 20 foizgacha kamaytirish imkoni asoslangan;
aholining o‘sish dinamikasini tavsiflovchi omillarni hisobga olgan holda turar-joy binolarini ishga tushirish dinamikasi va uy-joy fondi o‘sishining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muammoli bank kreditlari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda, joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori asosida ularning boshqarish usulini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 4 avgustdagi PQ-346-son qaroriga 1-ilova “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/02-6131-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy jihatdan muammoli holatdagi uy-joy mulkdorlari shirkatining boshqaruv usulini o‘zgartirish asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Toshkent shahridagi uy-joy fondini boshqaruv idoralarini “Raqamli poytaxt” axborot-tahlil markaziga foydalanuvchi sifatida ulash asosida uy-joy fondini boshqaruvidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda uy-joy-kommunal xizmatlari operativligini ta’minlash orqali ko‘p xonadonli uylarni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan “Raqamli Toshkent” kompleks daturi asosida yaratilgan “Mening uyim” axborot billing tizimini takomillashtirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/02-6131-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mening uyim” axborot billing tizimida kamchiliklar bartaraf etilib, mazkur platformaning samaradorligini oshirish uchun yangi raqamli vositalarni birlashtirishga imkon yaratilgan;
binolarning axborot modeli va geoaxborot tizimi yordamida axborot modellashtirish, boshqarishga raqamli texnologiya va platformalarni joriy etish bo‘yicha berilgan taklifi Toshkent shahridagi uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/02-6131-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent shahrida ko‘p xonadonli uy-joylarni raqamlashtirishning birinchi bosqichi boshlangan va ushbu chora-tadbirlar uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalari xarajatlarini 20 foizgacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
aholining o‘sish dinamikasini tavsiflovchi omillarni hisobga olgan holda turar-joy binolarini ishga tushirish dinamikasi va uy-joy fondi o‘sishining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 6 dekabrdagi 03/02-6131-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi korxona va tashkilotlarni samarali boshqarish ssenariylari ishlab chiqilgan va uy-joy fondini boshqaruv kompaniyalarini yaratish va optimallashtirish uchun imkon yaratilgan.